1.Nematilloyev Azizbek BHA 58-2 Investitsiya mustaqil ish
5. Konsessiya shartnomalari deganda nimani tushunasiz? Konsessiya (lot. concessio — ruxsat, yon berish) — 1) xoʻjalik yuritish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni oʻzlashtirish maqsadida davlat yoki mahalliy hokimiyat idoralariga qarashli yer uchastkalari, qazilma boyliklar, korxonalar va boshqa xoʻjalik obʼyektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet el kapitali (davlat, firma, xususiy shaxs) ga berish haqidagi shartnoma yoki kelishuv. Xalqaro huquq boʻyicha davlat shartnoma muddati tugaganidan keyin Konsessiya amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Hozirgi sharoitlarda konsessioner ishlab chiqargan mahsulotini, ayniqsa, keng isteʼmol mollari yoki mashinasozlik, yoqilgʻi energetika mahsulotlarini Konsessiya joylashgan mamlakat bozoriga chiqarishi koʻp uchraydi.
Iqtisodiy qudratli davlatlar oʻzlarini xom ashyo resurslari bilan taʼminlash hamda siyosiy-iqtisodiy tazyiq maqsadlarida xalqaro va xorijiy Konsessiyalardan keng foydalanadi. 20-asrning 90-yillarida Rossiya, Qozogʻiston, Ozarbayjonda neft konlarini razvedka qilish va ishga tushirish boʻyicha AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya kompaniyalariga Konsessiya berilishi bunga misol boʻla oladi. Rivojlangan mamlakatlarda Konsessiyalar bilan bir qatorda chet el kapitali ishtirokidagi qoʻshma korxonalar paydo boʻlmoqsa; 2) yangidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar sotuvini tashqil qilgani uchun banklar oladigan haq.
Davlat o‘zi chiqargan zayomlar bo‘yicha obligatsiyalarni chet el fuqarolariga sotishi jarayonida vujudga kelgan huquqiy munosabatlarda taraflardan biri bo‘lib chiqishi mumkin. U konsessiya shartnomalarining va, umuman olganda, davlat tomonidan chet el xususiy kompaniyalarga konsessiyalar berilishi jarayonida taraflardan biri bo‘lishi mumkin. Masalan, 1995-yil qabul qilingan “Konsessiyalar to‘g‘risigiM 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunining1 5-moddasiga ko‘ra quyidagilar konsessiyaviy huquq munosabatlarining subyektlaridir: - konsessiya organlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakil qilgan davlat boshqaruvi organi, shuningdek joylardagi davlat hokimiyati organlari; - konsessiyachi-konsessiya shartnomasi tuzilgan chet ellik investor.
- davlat organlarining muayyan shartlar asosida yerosti boyliklari, yerusti obyektlarini ekspluatatsiyaga berish to‘g‘risidagi bitim.