1. Yorug’lik interferensiyasi Sovun pufagining kishiga shunchalik zavq baxsh etishiga xuddi ana shu yorug‘lik interferensiyasi sababdir. Ingliz olimi Tomas Yung yupqa pardalarning har xil rangda tovlanish sababi – biri pardaning tashqi yuzasidan, ikkinchisi esa ichki yuzasidan qaytuvchi 1 va 2 to‘lqinlarning (1.1-rasm) qo‘shilishidandir, deb tushuntirish mumkin, degan genial fikrni maydonga tashladi.
1.1-rasm. Interferensiya hodisasi
Bunda yorug‘lik to‘lqinlarining interferensiyasi sodir bo‘ladi – ikki to‘lqin qo‘shiladi, buning oqibatida natijaviy (yig‘indi) yorug‘lik tebranishlari fazoning turli nuqtalarida kuchayadigan yoki zaiflashadigan, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan manzara kuzatiladi.
Interferensiya (yig‘indi tebranishlarining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan manzara kuzatiladi: to‘lqinlarning kuchayishi yoki zaiflashuvi) natijasi yorug‘likning pardaga tushish burchagi, pardaning qalinligi va to‘lqin uzunligiga bog‘liq.
Agar singan ikkinchi to‘lqin qaytgan birinchi to‘lqindan to‘lqinlar uzunligining butun soni qadar kechiksa, yorug‘lik kuchayadi (1.2-a rasm). Agar ikkinchi to‘lqin birinchi to‘lqindan to‘lqin uzunligining yarim to‘lqinlarining toq soni qadar kechiksa, yorug‘lik zaiflashadi (1.2-b rasm). To‘lqinlarning qo‘shilishida turg‘un interferension manzara hosil bo‘lishi uchun to‘lqinlar kogerent bo‘lishi, ya’ni ularning to‘lqin uzunliklari bir xil va fazalari farqi o‘zgarmas bo‘lishi kerak [1].
1.2 – rasm. Interferensiya hodisasida max va min lik shartlari
Pardaning tashqi va ichki yuzalaridan qaytgan to‘lqinlarning kogerent bo‘lishiga sabab shuki, bu to‘lqinlarning ikkalasi ham bitta yorug‘lik dastasining qismlaridir. Ikkita odatdagi mustaqil manbadan chiqadigan to‘lqinlarga kelsak, ular interferension manzara hosil qilmaydi, chunki bunday manbalardan chiqadigan ikki to‘lqinning fazalari farqi doimiy emas.
Yung rangdagi farq to‘lqin uzunligidagi (yorug‘lik to‘lqinlarning chastotasidagi) farqda ekanligini ham tushundi [3].
2. Linzalar Ikkita shaffof sirt bilan chegaralangan shaffof jism linza deb ataladi (2.1-rasm). Sferik sirtlarning markazlari orqali o’tuvchi to’g’ri chiziq linzaning bosh optik o’qi deyiladi. Odatda linzalar shishadan yasaladi.