Halqalarning ideallari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə6/7
tarix08.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#109844
1   2   3   4   5   6   7
HALQALARNING IDEALLARI

l - kogerentlik uzunligi vaqti, - kogerentlik vaqti. Odatdagi manbalar uchun kogerentlik uzunligi bir necha santimetrdan ortmaydi. Lazerlar uchun 1000 metr atrofida bo‘ladi. Yorug‘likning monoxromatikligi nurlanish mexanizmi bilan bog‘liqdir. Nurlanish cheksiz uzunlikga ega bo‘lgan monoxromatik to‘lqinning bir parchasidir ya’ni bir parchasi shaklida nurlanadi.


11-rasm. Yungning interferensiya tajribasi modeli (Vertual model)



-rasm. Nyuton halqasi (Vertual model)


Kogerent to‘lqinlar hosil qilish usullari. Yuqorida aytganimizdek, ikkita mustaqil yorug‘lik manbai chiqargan yorug‘lik to‘lqinlari qo‘shilganda intensivliklar qo‘shilishini kuzatish mumkin, interferensiyani emas. Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinadiki, yorug‘lik nurlarini interferensiyasini kuzatish uchun kogerent yorug‘lik dastalarini hosil qilish kerak. Kogerent yorug‘lik manbai olishning eng mumtoz usullaridan biri yuqorida bayon etilgan Yung usulidir.


Interferensiya olish usullarini S.I.Vavilov ikki tipga bo‘ladi:

  • Frenel tipidagi interferensiya (Yung, bikuzgu, biprizma, bilinza usullari va hokazo).

  • Nyuton tipidagi interferensiya (yupqa pardadagi, ponadagi, Nyuton halqalari va boshqalar).

Biz quyida kogerent to‘lqinlar hosil qilishning ayrim usullari bilan batafsilroq tanishamiz.
Biye bilinzasi. Biye nomi bilan mashhur bo‘lgan bu sxema diametri bo‘yicha kesilgan linza yordamida amalga oshiriladi; linzaning ikkala yarimi bir-biridan ozgina uzoqlashtiriladi, shu tufayli nurlanuvchi S nuqtaning ikki S1 va S2 haqiqiy tasviri hosil bo‘ladi. Yarim linzalar orasidagi yoriqni К ekran yopib turadi (3.6-rasm).
S1 va S2 lardan kelayotgan ikkala yorug‘lik oqimi ustma-ust tushgan sohada interferensiya yuz beradi. Interferension maydondagi М nuqtaning yoritilganligi interferensiyalashuvchi ikki nurning yo‘l farqiga bog‘liq. Chizmadan ko‘rinishicha, interferensiyalashuvchi yorug‘lik oqimlari  fazoviy burchak o‘lchamlari orqali belgilanadi, bu burchaklar kattaligi dastalarning ustma-ust tushgan qismlarini aniqlovchi nurlar orasidagi burchakka bog‘liq bo‘ladi. Bu 2 burchak ustma-ust tushgan dastalar aperturasi deb ataladi. 2 burchakning maksimal qiymati va shartga mos keladi; bu holda ekran cheksizlikda joylashgan bo‘ladi. Odatda 2 burchak birmuncha kichik bo‘ladi, chunki ekran S1 S2 ga nisbatan katta bo‘lgan chekli D masofada joylashgan. 2 aperturaning kattaligi interferension maydonning burchakli o‘lchamlarini ifodalaydi, bu maydonning o‘rtacha yoritilganligi S1 va S2 manbalar tasvirlarining ravshanligi va burchakli o‘lchamlariga bog‘liq. Interferensiya maydoni orqali o‘tgan to‘la oqim shu maydon yuziga va, demak, 2 burchakka proporsionaldir. Interferension maydonda interferensiya tufayli yoritilganlik taqsimoti o‘zgaradi, ya’ni interferension polosalar hosil bo‘ladi [8].
S dan chiqib interferometrning har bir tarmog‘i orqali М ga kelayotgan mos nurlar orasidagi 2 burchak М nuqtadagi interferension effektni aniqlovchi nurlarning yoyilish burchagidan iborat. Amalda bu burchak interferension maydonning har qanday boshqa nuqtasi uchun ham o‘shanday qiymatga ega bo‘ladi. Bu burchakni biz interferensiya aperturasi deb ataymiz. Interferensiya maydonida unga 2 nurlar uchrashish burchagi mos bo‘lib, uning kattaligi 2 burchakka tasvirlar yasash qoidalari orqali bog‘langan. Ekrangacha bo‘lgan masofa o‘zgarmaganda 2 qancha katta bo‘lsa, 2 shuncha katta bo‘ladi.
Interferensiya aperturasining 2 kattaligi manbaning ruxsat etilgan o‘lchamlariga ko‘p bog‘liq. Nazariya va tajribaning ko‘rsatishicha, interferensiya aperturasi ortishi bilan manba kengligining ruxsat etilgan o‘lchamlari, ya’ni hali aniq interferension manzara ko‘rinadigan holdagi o‘lchamlari kamayadi.
Biye interferometrining asosiy xususiyatlari har qanday interferension sxemada takrorlanadi.

13– rasm. Biye bilinzasi
cheksiz uzoqdagi ekran holi uchun ustma – ust tushuvchi dastalar aperturasi; ekranning markaziy M nuqtasi uchun interferensiya aperturasi.
Frenelning biko‘zgulari. S ning S1 va S2 mavhum tasvirlari kogerent to‘lqinlar manbalari bo‘ladi (3.10-rasm). Ko‘zgular orasidagi  burchak qancha kichik bo‘lsa, S1 S2=2l masofa shuncha kichikroq va, binobarin, interferension manzara shuncha yirikroq bo‘ladi. Interferensiyalashuvchi dastalar hali qisman ustma-ust tushaoladigan maksimal fazoviy burchakni
va
shartdan topiluvchi burchak aniqlaydi. Bunda ekran yetarlicha uzoqda joylashgan bo‘lishi kerak.

14 – rasm. Frenelning biprizmasi

Qaytish qonunlariga asosan, 2=2, bu yerda  - ko‘zgular orasidagi burchak. Shunday qilib, ustma-ust tushuvchi dastalar aperturasi 2 dan katta bo‘la olmaydi. Chekli masofada joylashgan ekran uchun interferensiya aperturasi ham, ya’ni qaytgandan so‘ng ancha uzoqdagi ekranning biror nuqtasida uchrashib, interferensiyalashuvchi nurlar jufti orasidagi burchak ham 2 qiymatga ega bo‘ladi. 14–rasmda S1 S2 dan chekli masofada joylashgan ekran maydonining markaziy M nuqtasi uchun interferensiya aperturasi ko‘rsatilgan [11].
Xulosa

  • Shunday qilib, Frenel biko‘zgularidan ustma-ust tushuvchi dastalar aperturasi ham (bu apertura interferensiyalashuvchi oqimlarning fazoviy burchagini aniqlaydi), interferensiya aperturasi ham bir xil qiymatga ega bo‘lib, ko‘zgular orasidagi burchak kattaligiga bog‘liq.

  • Bu aytilganlarga asosan, Frenel biko‘zgulari katta o‘lchovli intereferension manzara hosil qila olmasligi va bu qurilma demonstratsiya uchun uncha yaroqli emas ekanligi kelib chiqadi.

  • Bundan tashqari, yetarlicha keng interferension polosalar hosil qilish uchun ish vaqtida ko‘zgular orasidagi burchakning qiymatlari kichik bo‘lishi kerak, ayni vaqtda ko‘zgular birikkan joyda pog‘onacha hosil bo‘lib qolmasligini kuzatib borish kerak, aks holda pog‘onacha qo‘shimcha yo‘l farqi hosil qiladi.

  • Yuqorida keltirilgan usullardan tashqari ham interferensiya olishning juda ko‘p usullari mavjud.




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin