Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   85
2 5206292024008901227

Kengashda Almati Deklaratsiyasi 
qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar 
haqida bayonot berildi: 
• hamdo’stlik qatnashchilarining o’zaro aloqalari ular o’rtasidagi tenglik asosida 
tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat 
yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi; 
• MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas; 
• xalqaro strategik barqarorlikni va havfsizlikni ta’minlash maqsadida 
harbiystrategik 
kuchlarning birlashgan qo’mondonligi va yadro quroli ustidan yagona 
nazorat saqlab qolinadi; 
• MDH ochiqdir, uning barcha a’zolari roziligi bilan sobiq SSSR ning a’zolari va 
boshqa davlatlar ham unga qo’shilishi mumkin; 
• umumiy iqtisodiy makonni, umumiy bozorni vujudga keltirishda va 
rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi; 
• MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to’xtatiladi; 
• Hamdo’stlik qatnashchilari o’z Konstitutsiyalaridagi tartib, qoidalarga binoan 
sobiq 
SSSR ning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan halqaro majburiyatlarini 
bajarilishiga kafolat beradilar; 
• MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalariga og’ishmay rioya etish 
majburiyatini oladilar. 
MDH kengashlarini tayyorlash bo’yicha ishchi guruhini tuzish to’g’risida protokol 
imzolandi. Shu tariqa, 
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkil topdi

1993 yil yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi 
bo’ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHning huquqiy rasmiylashtirish 


jarayoni yakunlandi. 
1991-1999 yillarda MDH davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo’lib, 
ulardahammasi bo’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy 
sohalarga oid1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar 
imzolandi.Hamdo’stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta 
mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning 
aksariyati qog’ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni echishni 
istamayotganida emas, aksincha, o’zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir 
mamlakatning 
milliy 
manfaatlarini 
hisobga 
olgan 
holda 
yuritilishiga 
intilayotganligi bilan bog’liq edi. O’tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni 
amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o’zaro hisob-kitoblar 
muvofiqlashtirilmadi.2000 yil 24-25 yanvar kunlari Moskvada MDH mamlakatlari 
rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda Rossiya davlat boshlig’i V.Putin 
Hamdo’stlik Davlatlari boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Ukraina Bosh 
vaziri V.Yushenko MDH mamlakatlari hukumat boshliqlari kengashining raisi etib 
saylandi. 
Kengashda 
MDH 
a’zolari 
bo’lgan 
mamlakatlar 
o’rtasidagi 
munosabatlarni yanada rivojlantirish, MDHni isloh qilish borasidagi masalalar 
muhokama qilindi. Bu kengash MDHning kelajagiga katta ishonch uyg’otdi. Bu 
ishonch Rossiya Prezidenti V.Putinning MDH doirasidagi sheriklar bilan 
yaqinlashishga qaratilgan harakatlarida o’z ifodasini topmoqda. 2000 yil 21 iyunda 
Moskvada bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining 
sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni, 
integratsiya jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan 2005 yilgacha bo’lgan 
muddatda Hamdo’stlikni rivojlantirish dasturi muhokama qilindi va tegishli hujjat 
imzolandi. 2003 yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli 
ko’rinishlariga qarshi birgalikda choralar ko’rish to’g’risida, MDHning 
terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qarorlar qabul qildilar. 
Terrorchilikka qarshi kurash markazi rahbari etib Rossiya Federal xavfsizlik 
xizmati, Konstitutsiyaviy tuzimni himoya qilish va terrorchilikka qarshi kurash 
departamenti boshlig’ining birinchi o’rinbosari Boris Milnikov tayinlandi. 
2001 yil 29-30 noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 
yilligiga bag’ishlangan yubiley sammiti bo’lib o’tdi. Sammit qatnashchilari 
Afg’onistondagi voqealar to’g’risida bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror 
operatsiyasi ijobiy baholandi. Yubiley sammitida yana bir hujjat – MDH 
tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Bayonotda 10 yil 
davomida rejalashtirilgan hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta’kidlandi. 
Hamdo’stlik barcha a’zo mamlakatlar xalqlari farovonligini oshirish yo’lida 
salohiyatga ega ekanligi, undan foydalanish zarurati e’tirof etildi. 
MDHning 10 yillik tarixi guvohlik beradiki, Hamdo’stlikning tashkil etilishi 
foydali bo’ldi. Hamdo’stlik 10 yil oldin qanday kerakli tashkilot bo’lgan bo’lsa, 
bugungi kunda ham shunday keraklidir. Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga 
kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog’langan iqtisodiyotini to’ldirib turish 
zarur edi. Hamdo’stlik mana shunday to’ldiruvchilik rolni o’ynadi, parchalanish 
jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo’l qo’ymadi. 


Hamdo’stlik hozirgi kunda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. MDH yon-
atrofdagi voqealarga munosabat bildirishda yakdillik ko’rsatish, xususan, terror, 
narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda 
hamjihatlikni mustahkamlash, bahamjihat harakat qilishda muhim o’ringa ega. 
Hamdo’stlikning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, globalizatsiya jarayonlari 
jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va 
siyosiy o’zgarishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni engishda barcha a’zo 
davlatlar uchun kerakli va foydali tashkilotdir. 
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo’stlik mamlakatlari bilan 
ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga ko’yish va rivojlantirish alohida o’rin tutadi. 
Ikki tomonlama hamkorlik deganda ikki davlat o’rtasidagi, ya’ni O’zbekistonning 
boshqa bir mamlakat bilan davlatlararo aloqalarni yo’lga qo’yish va 
chuqurlashtirish jarayoni tushuniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin