jarayoni yakunlandi.
1991-1999 yillarda MDH davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo’lib,
ulardahammasi bo’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy
sohalarga oid1300 ga yaqin
masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar
imzolandi.Hamdo’stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta
mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning
aksariyati qog’ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni echishni
istamayotganida emas, aksincha, o’zaro
hamkorlik teng huquqli asosda, har bir
mamlakatning
milliy
manfaatlarini
hisobga
olgan
holda
yuritilishiga
intilayotganligi bilan bog’liq edi. O’tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni
amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o’zaro hisob-kitoblar
muvofiqlashtirilmadi.2000 yil 24-25 yanvar kunlari Moskvada MDH mamlakatlari
rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda Rossiya davlat boshlig’i V.Putin
Hamdo’stlik Davlatlari boshliqlari kengashining raisi etib saylandi.
Ukraina Bosh
vaziri V.Yushenko MDH mamlakatlari hukumat boshliqlari kengashining raisi etib
saylandi.
Kengashda
MDH
a’zolari
bo’lgan
mamlakatlar
o’rtasidagi
munosabatlarni yanada rivojlantirish, MDHni isloh qilish borasidagi masalalar
muhokama qilindi. Bu kengash MDHning kelajagiga katta ishonch uyg’otdi. Bu
ishonch Rossiya Prezidenti V.Putinning MDH doirasidagi sheriklar bilan
yaqinlashishga qaratilgan harakatlarida o’z ifodasini topmoqda. 2000 yil 21 iyunda
Moskvada bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining
sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo
etish borasidagi ishlarni,
integratsiya jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan 2005 yilgacha bo’lgan
muddatda Hamdo’stlikni rivojlantirish dasturi muhokama qilindi va tegishli hujjat
imzolandi. 2003 yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli
ko’rinishlariga qarshi birgalikda choralar ko’rish to’g’risida, MDHning
terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qarorlar qabul qildilar.
Terrorchilikka qarshi kurash markazi rahbari etib Rossiya Federal xavfsizlik
xizmati, Konstitutsiyaviy tuzimni himoya qilish va terrorchilikka qarshi kurash
departamenti boshlig’ining birinchi o’rinbosari Boris Milnikov tayinlandi.
2001 yil 29-30 noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10
yilligiga bag’ishlangan yubiley sammiti bo’lib o’tdi.
Sammit qatnashchilari
Afg’onistondagi voqealar to’g’risida bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror
operatsiyasi ijobiy baholandi. Yubiley sammitida yana bir hujjat – MDH
tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Bayonotda 10 yil
davomida rejalashtirilgan hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta’kidlandi.
Hamdo’stlik barcha a’zo mamlakatlar xalqlari farovonligini oshirish yo’lida
salohiyatga ega ekanligi, undan foydalanish zarurati e’tirof etildi.
MDHning 10 yillik tarixi guvohlik beradiki, Hamdo’stlikning tashkil etilishi
foydali bo’ldi. Hamdo’stlik 10 yil oldin qanday kerakli tashkilot bo’lgan bo’lsa,
bugungi kunda ham shunday keraklidir. Sobiq Ittifoq parchalangach,
yuzaga
kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog’langan iqtisodiyotini to’ldirib turish
zarur edi. Hamdo’stlik mana shunday to’ldiruvchilik rolni o’ynadi, parchalanish
jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo’l qo’ymadi.
Hamdo’stlik hozirgi kunda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. MDH yon-
atrofdagi voqealarga munosabat bildirishda yakdillik ko’rsatish, xususan, terror,
narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda
hamjihatlikni
mustahkamlash, bahamjihat harakat qilishda muhim o’ringa ega.
Hamdo’stlikning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, globalizatsiya jarayonlari
jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va
siyosiy o’zgarishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni engishda barcha a’zo
davlatlar uchun kerakli va foydali tashkilotdir.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo’stlik mamlakatlari bilan
ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga ko’yish va rivojlantirish alohida o’rin tutadi.
Ikki tomonlama hamkorlik deganda ikki davlat o’rtasidagi, ya’ni O’zbekistonning
boshqa bir mamlakat bilan davlatlararo aloqalarni yo’lga qo’yish va
chuqurlashtirish jarayoni tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: