Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85
2 5206292024008901227

GUUAM tashkiloti 
1996 yilda Venada Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova 
davlatlari rahbarlari uchrashib, ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik 
aloqalarini 
kengaytirish maqsadida o’ziga xos tuzilmaga asos solgan edi. 1999 yil aprel oyida 
O’zbekiston ham unga qo’shildi va bu tashkilot uyushgan davlatlarning nomidan 
olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritiladi. 
GUUAM mamlakatlari 1993 yilda Bryuselda asos solingan 
Yevropa-Kavkaz-
Osiyotransport yo’lagini 
barpo etishni ko’zda tutuvchi TRASEKA loyihasini 
amalga oshirish masalasida hamkorlik qilmoqda. TRASEKA dasturining amalga 
oshishi xalqaro yuk tashishning global tizimini shakllantirish, Sharq va G’arb 
mamlakatlarini bog’lovchi Buyuk ipak yo’lini tiklash, mamlakatlar o’rtasida o’zaro 
manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga 
xizmat qiladi. 
O’zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari bilan ko’p 
tomonlama va ikki tomonlama aloqalari 


MDHning tashkil topishi 
1991 yil 8 dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi - 
Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari-B.Eltsin, L.Kravchuk S.Shushkevichlarning 
uchrashuvi bo’ldi. O’sha kuni Belovejskoe Pushcheda uch davlat boshliqlari 
Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi (MDH)ni tuzish to’g’risida Shartnoma 
imzoladilar. Shartnomada 
yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-
bank sistemasi bo’ladi, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik 
qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan ho lda yuritiladi, 
deb belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitutsiyasi 
to’xtatiladi, deb e’lon qilindi. Ukraina, Belorussiya, Rossiya parlamentlari MDHni 
tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922 yil 30 dekabrdagi 
SSSRni tuzish to’g’risidagi shartnomani bekor etdilar. Qozog’iston, O’zbekiston, 
Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari MDHga uni ta’sis 
etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildirdilar. 
1991 yil 21 dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorus 
(S.Shushkevich), 
Qozog’iston 
(N.Nazarboev), 
O’zbekiston 
(I.Karimov), 
Qirg’iziston (A.Akaev), Tojikiston (R.Nabiev), Turkmaniston (S.Niyazov), 
Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldaviya (M.Snegur) 
davlat boshliqlarining kengashi bo’ldi. O’sha kuni 11 davlat boshliqlari 
Belovejskoe Pushche shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, "Teng huquqli va 
ahdlashayotgan oliy tomonlar" maqomida MDH muassisi bo’ldilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin