O’zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O’zbekiston, balki butun
Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi.
Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron
terrorchilik xavfi paydo bo’lganligi, terrorchilarning bazalarini yo’qotish,
odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga
qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish,
chegara va bojxona qo’mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini
muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilik oldini olish vazifasi yuklangan.
ShHT ning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish
masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda ShHT ga a’zo mamlakatlarni
xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi.
Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo’nalishlarini rag’batlantirishga
kelishib olindi:
� transport infratuzilmasini rivojlantirish;
� tabiiy mineral xomashyo zahiralarini o’zlashtirish;
� suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish;
� ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
� fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish;
� investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu
sohadagi to’siq va muammolarni bartaraf etish.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi XU Tszintao Xitoy hukumati ShHT
doirasadagi
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900 mln. AQSh dollari miqdorida kredit
ajratishini ma’lum qildi. Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, ShHT ning
vakolatlari va immunitetlari to’g’risidagi konventsiya, Narkotik vositalar va
psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik
to’g’risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar – jami
o’nta hujjat imzolandi.
Dostları ilə paylaş: