Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   85
2 5206292024008901227

EXHT bilan hamkorlik 
O’zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni 
mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga 
oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot -Yevropada xavfsizlik va hamkorlik 
tashkilotiEXHT ga a’zo bo’lib kirdi. I.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo’lgan 
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda 
nutq so’zlashi vaKengashning 10 iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi 
O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining dalilidir. 
I. Karimov o’z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi 
mumkin bo’lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo’l 
qo’ymaslik muammolari bilan shug’ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, 
tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish, hujjatlar 
mojarolarni oldini olish, yo’l qo’ymaslik ruhida bo’lishini ta’minlash takliflarini 
ilgari surdi. 1999 yil noyabr oyida bo’lgan EXHTning Istanbul sammiti Islom 
Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish 


haqidagi taklifi ham ma’qullandi. 1996 yil fevral oyida O’zbekiston bilan Yevropa 
Ittifoqi o’rtasida hamkorlik o’rnatish bo’yichamuzokaralar bo’ldi. Shu yil iyul 
oyida 
Florentsiya shahrida Yevropa Itgifoqi 
bilan O’zbekiston o’rtasida 
sherikchilik va hamkorlik to’g’risida Bitim imzolandi. Bu hujjatO’zbekistonning 
Yevropa 
Ittifoqi 
va 
unga 
a’zo 
bo’lgan 
15 
ta mamlakat bilan 
o’zaromunosabatlarining huquqiy negizi bo’lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, 
madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik 
O’zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omillardan biri 
bo’lib xizmat qilmoqda. 
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza 
qilish bo’yicha Vena Konventsiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar 
xaqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki 
boshqa dushmanlik maqsadida qo’llashni taqiqlovchi Konventsiyaga, Yadro 
qurolini tarqatmaslik xaqidagi shartnomaga qo’shilgan. 
Shunday qilib, O’zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo’shildi, 
xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy 
xavfsizliknimustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga 
ko’tarildi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin