Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85
2 5206292024008901227

YUNESKO bilan hamkorlik 
O’zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va 
madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot – YuNESKO bilan aloqalari 
toboramustahkamlanib bormoqda. 1993 yil 29 oktyabrda YuNESKO ning 
Parijdagi qarorgohida O’zbekistonni YuNESKO ga a’zolikka qabul qilish 
marosimi bo’ldi. O’sha kuni Ulug’bek tavalludining 600 yilligini nishonlash 
YuNESKO dasturiga kiritildi. 1994 yil oktyabrida Parijda Ulug’bek haftaligi 
tantana bilan o’tdi. Xiva va Buxoro YuNESKOning jahon madaniy qadriyatlar 
ro’yxatiga kiritildi. Bu ro’yxatda 411 ta ob’ekt bor.1994 yil dekabrda 
respublikamizda YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy 


komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo’lib, tarkibiga ta’lim, fan, 
madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo’ldi. 
YuNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o’rganish, tiklash va 
ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo’li - muloqot yo’li" deb 
nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 
1995 yil iyul oyida YuNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo 
tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi.YuNESKO Bosh direktori Federiko 
Mayorning O’zbekistondagi rasmiy tashrifi chog’ida 1995 yil iyul oyida mazkur 
institut ochildi. YuNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini 
xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktyabrda Parijda Amir 
Temurga bag’ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Amir Temur 
tavallud topgan Shahrisabz shahri YuNESKOning madaniy qadriyatlar ro’yxatiga 
kiritildi.1997 yilda jahon madaniyatning durdonalaridan hisoblangan Buxoro va 
Xivashaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro 
anjuman va ko’rgazmalar o’tkazildi. Bu O’zbekiston bilan BMTning nufuzli 
xalqaro tashkiloti YuNESKO o’rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi 
bo’ldi. 1997 yil 19-20 oktyabr kunlari Vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 
2500 yilligi munosabati bilan bo’lib o’tgan ulkan tantanalarda BMT, YuNESKO 
va boshqa ko’plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va 
vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar. 
O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar -Jahon sog’liqni saqlash 
tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro 
bolalar jamg’armasi (YuNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo’yicha 
xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada qo’mitasi, 
Xalqaro avtomobilchilar ittifoki va boshqa tashkilotlarning a’zosi, ular bilan 
hamkorlik qilmoqda. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning 
jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy 
tashkilotlar - Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko’maklashmoqdalar. Xalqaro savdo 
markazi (YuNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik 
qilinmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin