O’zbekistonning Kavkaz orti mamlakatlari bilan aloqalari 1995 yil 5 sentyabrda Gruziya davlat rahbari, respublika parlamenti raisi
Eduard Shevernadze rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Bu tashrif
O’zbekiston bilan Gruziya o’rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim
ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar muhokama
qilindi va muzokaralar nihoyasida I.Karimov va E.Shevernadze tomonidan
O’zbekiston va Gruziya o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzodandi. Ikki mamlakat o’rtasida sarmoyalarni o’zaro himoya qilish va
rag’batlantirish, fan-texnika, bank, qishloq xo’jaligi, bojxona, xalqaro transport
aloqalari, erkin savdo va ishlab chiqarish, maorif, madaniyat, sport, sog’liqni
saqlash, sayyohlik, atrof muhit muhofazasi bo’yicha hamkorlik to’g’risida 20 dan
ziyod hukumatlararo va muassasalararo hujjatlar imzolandi.
Mazkur bitimni ro’yobga chiqarishda O’zbekiston Prezidenti Islom
Karimovning 1996 yil may oyida Gruziya Respublikasiga rasmiy davlat tas hrifi
muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Islom Karimovning Gruziyaga safari chog’ida
E.A.Shevarnadze bilan halqaro Transkavkaz yo’li, uning Gruziyadan o’tadigan
qismini barpo etish, Gruziyaning Poti bandargohi imkoniyatlaridan O’zbekiston
yuklarini tashishda foydalanish masalalari bo’yicha ahdlashib olindi. I.Karimov va
E.Shezarnadze O’zbekiston va Gruziya o’rtasida hamkorlikni kengaytirish va
chuqurlashtirish to’g’risidagi Deklaratsiyani imzoladilar. Shuninglek O’zbekiston
bilan Gruziya o’rtasida moliya-sanoat guruhini tuzish, huquq-tartibot, pochta
aloqasi, savdo, soliq bojxona tizimi kabi 15 ga yaqin hukumatlararo bitimlar
imzolandi.
O’zbekiston bilan Ozarbayjon o’rtasida davlatlararo aloqalar yo’lga qo’yildi
va rivojlanib bormoqda. 1996 yil 27 may kuni Islom Karimov boshliq O’zbekiston
davlat delegatsiyasi Ozarbayjonda bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari