Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari


O’zbekistonning Belorus va Moldova bilan aloqalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
2 5206292024008901227

O’zbekistonning Belorus va Moldova bilan aloqalari 
Belorus Respublikasi Oliy 
Kengashining raisi S.Shushkevichning 1991 yil 6 noyabrda O’zbekistonga rasmiy 
davlat tashrifi O’zbekiston bilan Belorus o’rtasida davlatlararo aloqalarga asos 
soldi. Tashrif paytida Toshkentda I.Karimov va S.Shushkevich 
O’zbekiston 
Respublikasi 
bilan 
Belorus 
Respublikasi 
o’rtasida 
davlatlararo 
munosabatlarning asoslari to’g’risida shartnoma imzoladilar. 
Shuningdek, ikki 
davlat hukumatlari o’rtasida 1992 yilda savdo-iqtisodiy hamkorlik printsiplari 
to’g’risida bitim imzolandi. 
1994 yil 21-22 dekabr kunlari Belorus Respublikasi Prezidenti Aleksandr 
Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo’ldi. Tashrif paytida davlatlararo, 
hukumatlararo hamda har ikki davlat muassasalari o’rtasida 18 ta hujjat imzolandi. 
O’zbekiston bilan Belorus o’rtasida do’stlik va hamkorlikni yanada 
mustahkamlashhaqidagi Deklaratsiyani, Madaniyat va san’at sohasida hamkorlik 
qilish to’g’risidashartnomani I.Karimov va A.Lukashenko imzoladilar. Hukumatlar 
o’rtasida daromad va mulklardan ikki tomonlama o’zaro soliq olmaslik, avtomobil, 
temir yo’l, xavo yo’li va pochta aloqasi bo’yicha hamkorlik haqidagi bitimlar 
imzolandi. Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida maslahatlashuv haqida protokol 
hamda tarmoqlararo hujjatlar imzolandi. 
1995 yil 30-31 mart kunlari O’zbekiston Prezidenti I.Karimov Moldova 
Respublikasida rasmiy safarda bo’ldi. I.Karimov va Moldova Prezidenti Mircha 
Snegur o’rtasidagi muzokaralar nihoyasida O’zbekiston Respublikasi va Moldova 
Respublikasi o’rtasida do’stona hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. 
Hukumatlar o’rtasida erkin savdo munosabatlarini rivojlantirish, fan-texnika, 
madaniyat va san’at, pochta xizmati, aloqa, bank sohalarida hamkorlik, 
samolyotlar qatnovini yo’lga qo’yish, ikki tomonlama soliq, olmaslik to’g’risidagi 
o’ndan ziyod bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar izdan chiqqan aloqalarning tiklanishi 
uchun huquqiy zamin yaratdi. 
O’zbekiston uchun ishlab chiqilayotgan shakar, dori-darmon, qishloqxo’jalik 


texnikasi, elektro-texnika asbob-uskunalari, sug’orishda foydalaniladigan nasoslar 
kerak. Moldova sanoati uchun esa, O’zbekistonning paxtasi, kimyoviy tolasi, qattiq 
metallari kerak. Bu zaruriyat ikki mamlakat hamkorligining zaminidir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin