Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari


strategik sherikchilik to’g’risida bitim imzolandi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
2 5206292024008901227

strategik sherikchilik to’g’risida bitim imzolandi. 
15 
moddadan iborat mazkur bitim o’zaro xavfsizlikni ta’minlash, global tahdidlarga 
qarshi harakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni 
kengaytirishga qaratilgan strategik sherikchilikning mustahkam poydevori bo’lib 
xizmat qiladi. Uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi bilan «Lukoyl» neft 
kompaniyasi OAJ hamda «O’zbek neft-gaz» milliy xolding kompaniyasi bilan 
«Gazprom» ochiq aktsiyadorlik jamiyati o’rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim 
imzolandi. Bu hujjat Rossiya tomonidan O’zbekiston yoqilg’i energetikasi 
sohasiga qariyb 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda 
tutadi. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo hajmi 2003 yilda 1 mlrd. 149 mln. AQSh 
dollarini tashkil etdi. 
O’zbekiston Rossiya o’rtasidagi munosabatlar tom ma’nodagi teng 
huquqlilik,o’zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va 
manfaatlarinihurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bormoqda. 
O’zbekiston va Ukraina aloqalari 
O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarga asos solishda 
I.Karimovning 1992 yil avgust oyida Kievga rasmiy davlat tashrifi muhim 
ahamiyatga ega bo’ldi. Tashrif chog’ida, 25 avgust kuni O’zbekiston Prezidenti 
Islom Karimov va Ukraina Prezidenti Leonid Kravchuk 
O’zbekiston bilan 
Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va 
hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. 
Shuningdek, ikki davlat 
o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida protokol va savdo iqtisodiy 
hamkorlik bitimi imzolandi. 1995 yil 20-21 iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid 
Kuchma O’zbekistonda bo’ldi. Ikkala davlat Prezidentlari tomonidan O’zbekiston-
Ukraina hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish yo’llari to’g’risida 
Deklaratsiya, O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasidagi iqtisodiy integratsiyani 
chuqurlashtirish to’g’risida shartnomani imzoladilar. Safar chog’ida O’zbekiston 
va Ukraina hukumatlari o’rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik 
qilish to’g’risida bitim, ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida bitim, elchixonalar 
faoliyati haqida bitim imzolandi. Islom Karimovning 1999 yil oktyabrida 
Ukrainaga safari chog’ida O’zbekiston va Ukraina o’rtasida 1999-2008 yillarga 
mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik to’g’risida bitim imzolangan. Muxtasar 
aytganda, O’zbekiston va Ukraina o’rtasida 1992-2002 yillarda neftni qayta 


ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat 
va boshqa sohalarda hamkorlik bo’yicha 130 dan ortiq hujjatlar imzolandi. O’zaro 
savdo hajmi 1992 yildagi 20 mln. AQSh dollaridan 2003 yilda 280 mln. AQSh 
dollariga etdi. 
O’zbekiston Ukrainaga aviatsiya, kimyo va engil sanoat mollari, paxta tolasi, 
rangli metallar, gaz eksport qilmoqda. Ukrainadan gaz va neft konlarini 
o’zlashtirishda zarur bo’lgan texnika uskunalari, qora metallurgiya, kimyo sanoati 
mollari, shakar, pista yog’i import qilinmoqda. O’zbekistonning Qora dengizdagi 
Ukraina bandargohlari orqali Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari 
yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda Ukraina investitsiyalari ishtirokida barpo etilgan 20 
ta qo’shma korxonasi ishlamoqda. 
Jumladan, «ToshVALEO» qo’shma korxonasi bir kunda ming qutiga yaqin 
qandolat 
mahsulotlari tayyorlanmoqda. Shuningdek, ikki davlat o’rtasida ilm-fan, ta’lim, 
madaniyat sohasida hamkorlik qilinmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin