A.QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
JISMONIY MADANIYUAT FAKULTETI
SPORT FAOLIYATI (KURASH) YO‘NALISHI
931-22-GURUH TALABASI
MUSURMONOV DILMURODNING
“XALQARO BAHOLASH DASTURLARI HAQIDA
TUSHUNCHA” MAVZUSIDA
TAYYORLAGAN
Jizzax-2023
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Reja:
1.Xalqaro baholash dasturlarini va ularning ahamiyati.
2. PISA, PIRLS, TIMSS vа TALIS xalqaro dasturlari haqida ma’lumot.
3.Xalqaro baholash tizimining asosiy xususiyatlari va ta’lim sohasidagi ahamiyati
Tayanch tushunchalar: Xalqaro baholash , xalqaro dastur,ta’lim sifatini
baholash, PISA, birlik, klaster, testlet va buklet, xalqaro monitoring
Davlatimiz innovastion taraqqiyot yo’lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan
bir davrda kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarni ijodiy g’oyalari va
ijodkorligini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va
malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg’or xorijiy
tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish
muhim ahamiyatga egadir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan
amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim
sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA-International
Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan
hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin. Qariyib
60 yildan ko‘proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o‘rganish
sohasida yetakchi tashkilot bo‘lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat
siyosati va amaliyotning ta’sirini chuqurroq o‘rganish maqsadida ta’lim sohasida
keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va
natijalarini ko‘rib chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o‘zaro bog‘liq omillarni
qiyosiy tahlil qiladi. 1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid ko‘plab
mavzular bo‘yicha o‘ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o‘tkazdi. Jumladan,
matematika va tabiiy fanlar (TIMSS), o‘qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi
(ICCS), kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik (ICILS) kabi
yo‘nalishlarda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari, umuman olganda ta’lim olish
jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda.
Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud
tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishdagi xalqaro va xorijiy
tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik
qilish, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon
talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8
dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori bilan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspekstiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi.
O’z navbatida, “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni
amalga oshirish milliy markazi”ga ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy
yo’nalishidagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovastion
metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib
borish, ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro
loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish kabi vazifalar yuklatildi.
Shu bilan bir qatorda, Milliy markaz direktori – Xalqaro tadqiqotlarning
milliy loyiha menejeri hisoblanib, xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda
muvofiqlashtirishda O’zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etishi
belgilab qo’yildi.
Mazkur vazifalarning amaliy ifodasi sifatida O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspekstiyasi
bilan Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o’rtasida o’quvchilar
savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro dasturda (Agreement for participation
programme for international student assessment - PISA 2021) ishtirok etish
to’g’risidagi kelishuvga erishildi. IEA tashkiloti tomonidan olib borilayotgan
tadqiqotlarning aksariyati o‘quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta
fanlardan yoki fanlararo uyg‘unlik asosida baholashni o‘z ichiga oladi, bu esa dunyo
bo‘yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta’lim jarayonlarini chuqur tahlil
qilishga yordam beradi. O‘quvchilarning erishgan yutuqlarini o‘rganishda barcha
o‘quvchilardan emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan
o‘quvchilardan obyektiv testlarni o‘tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab
direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, hattoki ota-onalardan so‘rovnomalar
o‘tkazilib, maktabdagi ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, jumladan, maktab
resurslari, o‘quvchilarning ta’lim olishga oid qarashlari, o‘qitish usullari hamda uy
sharoitida
o‘quvchilarning
bilim
olishi
qanchalik
darajada
qo‘llab-
quvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. Ushbu tadqiqotlar
yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘rganilayotgan
holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi
samarali usullardan ham foydalaniladi. Ushbu dasturning ko‘p yillar davomida
muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganiga 2021-yilda 20 yil to‘ladi. Progress in
International Reading and Literacy Study (PIRLS) – boshlang’ich 4-sinf
o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash uchun; Boshqacha
qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini
qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash
imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat
siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 ва 8- sinf
o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish
darajasini baholash uchun; The Programme for International Student Assessment
(PISA) - 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi
fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun; Shuningdek, PIRLS, yosh
o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta’lim olishning katta
qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan
foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni
ifodalaydi. Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam
tashlaydi hamda o‘zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq
ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol sifatida, 2021-yilda o‘tkaziladigan
tadqiqotda o‘quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim
etishni rejalashtirganini aytish o‘rinlidir. Raqamli formatga o‘tish bilan birga,
internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o‘qishni kompyuterda baholash
kabi o‘zgarishlar ham ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-son
Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30
ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida
o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik
darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini
yaratish vazifalari belgilangan.
PISA (Programme for International Student Assessment) – o’quvchilarning
savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqot dasturi bo’lib, dasturning asosiy
maqsadi 15 yoshli o’quvchi yoshlarning o’qish, (matnni tushunish), matematika va
tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajalarini hamda ijodiy fikrlash ko’nikmalarini
turli xil testlar yordamida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o’quvchi
yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, egallagan bilimlarini hayotda qo’llay olish
layoqatiga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni shakllantirishga xizmat
qiladi.
Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA dasturi mamlakatlarga ta’lim
tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o’z vaqtida axborot berish, tegishli
dasturlarning ta’sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, ta’lim siyosati sohasida
qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlaydi.
Ta’lim sifatini baholashga yo’naltirilgan PISA kabi xalqaro tadqiqotlar
O’zbekiston ta’lim tizimida ilk marta o’tkazilayotganligi sababli ularni to’g’ri,
samarali va ob’ektiv o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
PISA–o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy
fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo’lib,
o’quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko’nikmalarini aniqlashga
mo’ljallangan.
PISA xalqaro baholash dasturi shuningdek, o’quvchilar munosabati va
motivastiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi, o’quvchilarda muammoni hal
qila olish kabi ko’nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega
masalalarni hal etishda o’quvchi-yoshlarning fikr- mulohazalari, ular bergan taklif
va echimlarni baholaydi.
PISA–xalqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari
o’quv dasturlarida mavjud bo’lgan talablar doirasida o’quvchilarning bilim va
ko’nikmalarni qo’llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi.
PISA hech qanday o’quv dasturini belgilamaydi yoki targ’ib qilmaydi yoki
umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi.
Ishtirokchi
mamlakatlar
ekspertlari
va
iqtisodchilarining
fikricha,
o’quvchilarda tabiiy fanlardan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikma darajalari
shakllanishi, mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun
muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadi.
PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro
dastur, PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli
davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy
fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot
(YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.
PISA-ni so’ngi yillardagi vazifalarining asosiy jihati nimalardan iborat?
Bu proektda test sinovlari o’quvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi, bunda
o’quvchining bilimlari asosiy o’rin tutmaydi, faqatgina bolaning ongini ishlatishni
talab qiladi.
PISA- ning interaktiv vazifalari nimadan iborat:
2012 yilda birinchi marotoba ommaviy test sinovlari ishtirokchilariga maxsus
turdagi vazifalar, ya’ni interaktiv turdagi vazifalar kiritilishi taklif qilingan.
Interaktiv - o’quvchidan yangi qiyin sistemani oldindan xususiyatini bilmay turib
mustaqil tadqiqot qilishni talab qiladi, tizim bilan bevosita amaliy hamkorlik orqali
gipotezalarni (xayoliy) o’rtaga tashlaydi, ularni eksprimental tarzda sinab, ob’ektni
tekshirihsga harakat qiladi.
PISA –bu eng katta Xalqaro o'quvchilar bilimining tadqiqot qilish
programmasi .
PISA- natijalari butun dunyo yoshlarining qanday bilim va ko'nikmalarga ega
ekanligini ko'rsatadi.
Umumta'lim fanlari bo'yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o'quv
topshiriqlarini ishlab chiqishda xalqaro tajribadan foydalanish,
Timss (Trends in Mathematics and Science Study) – matematik va tabiiy-
ilmiy ta'lim sifatini tadqiqot etadigan xalqaro monitoringdan iborat. Unda 4-, 8-, 11-
sinf o'quvchilari ishtirok etadilar. 1995 y., 1999 y., 2003 y., 2007 y., 2008., 2011 y.,
2015 yillarda o'tkazilgan. 2008 yilda Timss Advanced monitoring tadqiqotlari
matematika va fizikani chuqur o'rganadigan maktablarning o'quvchilari o'rtasida
o'tkazgan. Bu ikki predmet o'sib kelayotgan avlodning yangi texnologiyalardan
foydalanish va takomillashtirish qobiliyatlarini hamda mamlakatning intellektual
potensialini baholashda ustuvor soha hisoblanadi.
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) - matnni o'qish va
tushunish sifatini o'rganish deb nomlangan xalqaro loyiha bo'lib, unda 4-sinf
o'quvchilari ishtirok etadi. 2001 y., 2006 y., 2011 y., 2016 yillarda o'tkazilgan.
-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida
ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
to’g’risida” 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son qarori talablaridan kelib chiqadigan
vazifalarimiz, PISA tadqiqotlarini amalga oshirish bo’yicha texnik talablar, unga
tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish tartibi haqida ma’lumot berib o’tamiz
-PISA 1990 yillar oxirida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)
tomonidan muntazam ravishda xalqaro qiyosiy tadqiqotlar olib borish maqsadida
ishlab chiqilgan bo’lib, u IHTTga a’zo mamlakatlarda 15 yoshli o’quvchilarning
o’qish, matematika va tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajasini baholashning
yuqori sifatli indikatorlarini yaratish uchun mo’ljallangan loyihadir.
-PISA, IHTTga a’zolik maqomiga ega bo’lgan davlatlar, ya’ni IHTTga a’zo,
hamkor va ishtirokchi davlatlar bilan birgalikda hamda Parij shahrida joylashgan
kotibiyat orqali boshqariladi
PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko’rish, amalga oshirish muddati 5 yilga
mo’ljallangan
bo’lib,
xalqaro
pudratchilar
tomonidan
2018 yilda sinov materiallari ishlab chiqildi, 2019 yil sinov materiallarini
moslashtirish ishlari olib boriladi, unga tayyorgarlik holatini tahlil qilish maqsadida
milliy darajada baholashlar, 2020 yil PISA sinov baholashlari va 2021 yilda asosiy
baholash tadqiqotlari bo’lib o’tishi belgilangan. Mazkur yillardagi olingan tahlillar
natijalari 2022 yilda yakunlanadi va xalqaro hisobotlar tayyorlanadi.
-Umumiy o’rta ta’lim maktablari xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini
o’rganish va amaliy tavsiyalar berish maqsadida, (Ta’lim sifatini baholash bo’yicha
xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi) Milliy markaz va xalq ta’limi
vazirligi bilan hamkorligida 2019 yil davomida xalqaro tadqiqotlarga mos,
o’quvchilarning ijodiy fikrlash salohiyatlarini aniqlashga qaratilgan sinov
materiallari bazasini shakllantirish va Respublikamiz hududlaridagi maktablarda
tayyorgarlik
sinovlarini o’tkazish rejalashtirilmoqda. Mazkur sinovlar
kamchiliklarimizni tahlil qilish va ularni yaxshilash bo’yicha taklif va tavsiyalar
ishlab chiqish imkonini beradi.
Ekspertlar uchun bu masala yuzasidan barcha jihatlarni hisobga olinganligini
ta’minlash va ushbu jihatlarga etarlicha mos muvozanatda bo’lgan test materiallari
to’plamini tanlab olishda ekspert fikrini berishdan iborat. PISAda bu ish xalqaro
ekspertlardan tashkil topgan maslahat guruhlari bilan ishlaydigan baholash
mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu materialni tanlash jarayonida
ishtirok etuvchi mamlakatlar va iqtisodchilar ham muhim rol o’ynaydi.
O’quvchilar PISA dasturida yolg’on ishlatishlari mumkinmi? PISA-
dunyodagi eng ilg’or xalqaro, yuqori sifatli va yuqori samarali ta’limni baholash
dasturi hisoblanadi va shuning uchun PISA ma’lumotlarining 100% to’g’ri va
haqiqiy ekanligi juda muhimdir.
Shu maqsadda, IHTT o’quvchining qobiliyatlarini, o’zi haqidagi ma’lumotlar
va faoliyatini aniq aks ettirishi hamda har qanday aldov shakllarini ishlatmasligi
uchun barcha darajalarda juda qattiq shartlarni qo’llaydi. Ushbu ishonch IHTT va
har bir davlat o’rtasida ishtirok etish shartlari talablariga rozilik bilan
mustahkamlanadi. Rozilik shartnomasining 4-moddasi davlatlardan sinov
materiallari xavfsizligini nazorat qilish va baholashni xavfsiz boshqarish kabilarni
o’z ichiga olgan PISA uchun keng qamrovli texnik standartlarni talab qiladi.
Ushbu talablar keyinchalik “PISA-Harakatlar qo’llanmasi”, “Maktab
koordinatorlari qo’llanmasi” va “Test ma’muriyati qo’llanmasi” orqali
takomillashtiriladi. Ushbu qo’llanmalar barcha test materiallarini xavfsiz tarzda
qabul qilish, ularni saqlash hamda test o’tkazish jarayonini xavfsiz boshqarish uchun
aniq ko’rsatmalarga ega. Tasdiqlangan loyiha xodimlaridan boshqa hech kim PISA
xavfsizligiga oid ma’lumotlar va foydalanish ta’qiqlangan materiallardan foydalana
olmaydi. Tasdiqlangan loyiha xodimlari uchun rasmiy konfidenstiallik qoidalari
mavjud.
Nima uchun Xitoy Xalq Respublikasining barcha a’zolari PISAda ishtirok
etmaydilar? So’nggi yillarda milliy vazirlik PISA dasturini Xitoyning bir necha
viloyatlarida to’liqroq ishtirok etishga tayyorlash maqsadida sinovlarni
o’tkazmoqda. Shanxay PISA-2009dan buyon ishtirok etib keladi. Pekin hamda
Stzyansu va Guandun provinstiyalari esa PISA-2015 tadqiqotlarida ishtirok etdi.
PISA tadqiqoti darslari mamlakatlarning ta’lim tizimi rivoji uchun qanday
yordam bergan? PISAda ishtirok etgan mamlakatlar bo’yicha IHTTning 2012 yilgi
so’rovnomasida respondentlarning aksariyati yuqori darajadagi davlatlar yoki
rivojlanayotgan tizimlarning ta’lim siyosati o’zlarining faoliyatini amalga oshirish
jarayonlarida samarali ta’sir ko’rsatganini ta’kidladilar.
Yana ko’plab mamlakatlar PISA milliy yoki federal baholash strategiyasining
yangi tarkibiy qismlarining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatganini aytib o’tishadi.
Dasturlarni o’rnatish va standartlarga nisbatan ko’plab mamlakatlar PISA tizimining
ta’sirini quyidagilarga qaratdi: milliy o’quv dasturlarini PISA me’yorlari va
baholashlari bilan taqqoslash; milliy standartlarni shakllantirish; ularning ta’lim
tizimiga ta’siri; PISAga o’xshash vakolatlarni o’quv dasturlariga kiritish; milliy
talablarga javob beruvchi standartlarni belgilashga qaratilgan.
PISA-2015 tadqiqot doirasida o’quvchilar bilimini baholash inson
resurslaridan foydalanmagan holda kompyuterga asoslangan baholash tizimi asosida
amalga oshirildi. Bu esa o’z navbatida, o’quvchilarning qobiliyatlarini izchillik bilan
aniqlash imkonini berdi. Xususan, o’quvchilarning turli guruhlar bilan hamkorlikda
ishlashi ishonchli tarzda taqqoslanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |