taraqqiyotassotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo’yicha oliy ko’mitasi, Jahon sog’liqni
saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi
agentligi, Aholi joylashish jamg’armasi, Narkotik
moddalarni nazorat qilish
dasturi, Sanoat taraqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti
singari ixtisoslashgan muassasalarga a’zo bo’ldi.
O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16
sentyabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga
bag’ishlangan Toshkent kengash-seminari bo’lib o’tdi.
Xalqaro kengashda ishtirok
etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa
xavfsizligining,
mojarolarning
oldini
olish,
integratsiya
jarayonlarini
chuqurlashtarishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan o’z
fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan
Bayonot jahon xalqlarini, xususan
Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy
kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik
hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi.
O’zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan
yana biri
Markaziy Osiyo mintaqasini yadro kurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida
o’zifodasini topdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh
Assambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib so’zlagan nutqida Markaziy
Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g’oyasini ilgari surgan edi.
O’zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo’llab-
quvvatlandi.1997 yil 15-16 sentyabr kunlari Toshkentda "Markaziy
Osiyo -yadro
qurolidan xoli zona" mavzuida xalqaro konferentsiya bo’lib o’tdi. Uning ishida 56
davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan
Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi.
Markaziy Osiyo mintaqasining yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur
mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi.
2000 yil oktyabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va
barqarorlikni
mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik
va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaroo konferentsiya bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001 yilda BMT Xavfsizlik Kengashining
terrorizmga qarshi kurash bo’yicha maxsus qo’mitasi ta’sis etildi. 2002 yil 18-20
oktyabr kunlari BMT Bosh kotibi Kofe Annanning O’zbekistonga
tashrifi
mamlakatimizning xalqaro jamiyatdagi o’rni mustahkamlanib, obro`’-e’tibori ortib
borayotganining dalilidir.
Dostları ilə paylaş: