10
2-G`ovak.
A. Uzun (qovurg’a, to’sh suyagi)
B. Kalta (umurtqa, qo’l va oyoq panja suyaklari)
V. Sesamasimon (tizza qopqog’i va nuxasimon suyak)
3-Yassi. (peshona, tepa, ensa, ko’rak va chanoq suyaklari).
Xar qaysi naysimon suyaklarning o’rta qismi diafiz (tanasi), oxirgi ikki
uchlari tanaga yaqin uchlari proksimal epifiz va tanadan yiroq uchi distal epifiz
deb nomlanadi. Diafiz bilan epifiz oraligi metafiz deyilib, suyakning usish
sohasiga to’g’ri keladi. Suyakning oxirgi uchlaridagi bo’rtma, do’mboq va shunga
o’xshash hosilalar apofiz deyiladi. Aynan shu hosilalarga boylamlarning birikishi
suyak bo’g’imini mustahkamlasa, mushaklar birikishi bo’g’imdagi harakatni
yuzaga keltiradi. Naysimon suyakning ko’ndalang kesimi ko’zdan kechirilganda,
sirtki yuzasi suyak usti pardasi (periosteum) bilan qoplangan, u ikki kavatdan
iborat. Tashqi kavati yupqa, pishik fibrioz tolalaridan tashkil topgan, uning ichki
qavatidagi osteogen xujayralari suyakning eniga o’sishiga imqon beradi.Suyak
pardasidagi teshiklar esa qon tomirlar va asab tolalari o’tadigan oziqlantiruvchi
teshik bo’lib xizmat qiladi
Suyakning ichki tuzilishi 2 xil moddadan hosil bo’lgan tashqi tomoni zich
ya'ni, qattiq (substantia compacta) moddadan tuzilgan bo’lib suyak pardasi bilan
bevosita birikadi, g’ovak modda (sustantia spangiosa) suyakning ichki tomonida
joylashgan bo’lib mayda-mayda turga o’xshash katakchalar hosil qilib suyak
ko’migiga davom etadi. Unda qizil va sariq ilik hamda qon tomirlar talaygina
bo’lib, suyak nayi (kanali)ga ochiladi.Kalla skeletidagi ba'zi suyaklar tanasida
bo’shliqlar borligi bilan boshqa suyaklardan farq qiladi va xavo saqlovchi
(pnevmosteum) suyaklar deb ataladi. Bunday suyaklarga peshona, ponasimon
(asos),g’alvirsimon va yuqori jag’ suyaklari kiradi, bo’shliqlar ko’z kosasi va
burun bo’shlig’i atrofida joylashgan bo’lib o’ziga xos funksional xususiyat kasb
etadi, ya'ni so’zlashganda tovushni jarangdorligini hamda kalla skeleti yengilligini
ta'minlaydi. Chakaloqlarda bu bo’shliqlar shakllanmagan bo’ladi.
Katta yoshdagilarda bu bo’shliqlarda yiring yoqi qon tuplangan xollarida
11
tovush jarangdorligi bo’ziladi va boshqa asoratlarga olib kelishi mumqin. Shuning
uchun bu xastalikni faqatgina jarroxlik usulida davolashga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: