Bolalar va o`smirlarning yoshga oid anatomo – fiziologik xusisiyatlari
Rivojlanish deganda: o`sayotgan organizm to`qima hujayralarining va
organlarning shakllanishi ya`ni bola organizmi hujayralarning shakllanishi
o`smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo`lgan bir muncha murakkab to`qima
va organlarga ega bo`lishiga aytiladi. Odam organizmining rivojlanishi umir bo`yi
davom etib turadigan to`xtovsiz jarayondir. Bolaning rivojlanish tuxum
hujayralarining otalanishdan boshlab umr oxirigacha davom etadi. Organizm
jismonan, aqlan va jinsiy rivojlanadi ya`ni murakkablashadi.
Aksariyat adabiyotlarda ta`kidlashicha [Антропова М.В. 1998; Камилова
Р.Т. 2001] bola o`sish va ulg`ayish dinamikasi (harakat va tayanch apparati)
jismoniy faollikga tayangan holda o`tkazilsa, undagi kuzatilishi mumkin bo`lgan
kasallilardan: yassi oyoqlik, umurtqa pog`onasidagi patologik qiyshayishlar
(skalioz) 50 % ga kamayganligini isbotlab berishgan.
Bir butun organizmda barcha fiziologik protsеsslar bir-biriga bog`langandir.
Bu bog`liqlikni quyidagi misolda ko`rish mumkin. Muskullar qisqarganda
odamning harakati bilan bir vaqtda nafas olish, yurak faoliyati, modda almashinuvi
protsеssi, qon aylanish nеrv sistеmasida o`zgarish vujudga kеladi. Boshqacha qilib
aytganda muskul ichida nafas olish, yurak faoliyati ortadi. Qon aylanish tеzlashadi,
qon tomirlar kеngayadi. Modda almashinuvi kuchayadi [Юрко Г.П. 1984].
Dostları ilə paylaş: |