16
1.2. O`quvchi yoshlarning o`sish va ulg`ayishida
atrof muhitning ta`siri
Insonlar sog`lig`ini saqlash va ayniqsa o`sayotgan yosh avlodni
sog`lomlashtirishga qaratilgan davlat moniylikdagi chora tadbirlar rivojlanishning
muhim sotsial dasturlari ro`yxatidan o`rin olgan. Hozirgi kundagi sotsial –
ekonomik va ekologik vaziyatlar inson yashash sharoitini yosh organizmning
o`sish va rivojlanishining pasayishiga sabab bo`lmoqda.
Inson ish faoliyati davomida biosferadagi ksenobiotik (tirik organizm
uchun begona modda) larga duch keladi. Bularning aksariyati zaharli moddalardir.
Ksenobiotiklar atrof-muhitga kam miqdorda tarqalganda ham tabiiy muhitni va
biosferani o`zgartira oladi, tirik organizmlarning halokatiga sabab bo`ladi. Bu
organik birikmalarning ayrimlari inson va hayvonlar hayoti uchun hozirda va
kelajakda juda katta xavf tug`diradi.
O`sib kelayotgan organizmni to`g`ri tarbiyalash uchun bola organizmning
o`sish va rivojlanish kabi asosiy xususiyatlarni bilish zarur. O`sish va rivojlanish
barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning
har tomonlama o`sish va rivojlanishi uning paydo bo`lgan vaqtidan boshlanadi. Bu
ikki protsess murakkab jarayon bo`lib, bir butun va bir biriga bog`langandir.
O`sish davrida tana hujayralarining ko`payishi natijasida tirik organizm
o`lchamlarining ortishi ya`ni bo`yning cho`zilishi, og`irlikning ortishi tushuniladi.
Bola ma`lum yoshgacha to`xtovsiz va har xil jadalliklar bilan o`sadi. Shunga
qaramasdan barcha to`qima va hujayralarda ya`ni organizmda o`sish bir vaqtda,
qizlarda o`rtacha 17-18 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi. O`sish
qatorida hujayralarda ularning bajaradigan vazifasi ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu
rivojlanish jarayonidir.
O`quvchilarning yoshini, ularning anatomo – fiziologik va psixologik
xususiyatlarini inobatga olib [Доскин В.А., Куинджи Н.Н. 1989; Чехоева Н.Б.
1990] o`quv jarayonlarini moslashtirishni ta`kidlab o`tgan. Lekin, Шашкова И.А.
(1985); Пляскина И.В. (1998); Бородкина Г.В. (1990); Хамаганова Т.Г. (2000)
ushbu xususiyatlarni inobatga olmaslik, maktab yoshidagi bolalarning psixogen
17
formadagi (dezadabtatsiya) moslanuvchanlikning buzilishiga sabab bo`ladi deb
takidlashadi.
Tekshirishlar shuni ko`rsatdiki, maktab o`quvchilariga kunlik va haftalik
o`quv yuklamalarini fiziologik organizm qabul qila oladigan materiallarni ishlab
chiqarmaslik, shu bilan birga oylar davomidagi dars mavzularini muntazam qabul
qilish bilan birgalikda o`quvchilarning kam harakatliligi (gipodinamiya)
o`sayotgan organizmning hayoti uchun muhim bo`lgan a`zolarda (harakat va
tayanch, yurak va qon tomirlar, asab tizimi) u yoki bu o`zgarishlar kuzatilganligini
Колесова Д.В. (1987); Komarek L., Provaznik K., Chramcov P.I. (1987) lar
ta`kidlab o`tgan.
Rossiya federatsiyasi sog`liqni saqlash va ta`lim vazirining (1997)
ma`ruzasida tan olishicha maktab o`quvchilari uchun yaratilgan o`quv
dasturlarining yillik me`yorlari murakkab tuzilgan bo`lib, imkoniyatlari a`lo
sanalgan talabalargina ushbu mavzularni yil davomida to`liq o`zlashtirish
imkoniga ega [54].
Uzoq
muddatli
kuzatishlar
shuni
ko`rsatadiki,
maktab
bolalarining
salomatligini ijobiy o`zgarishlari sabablari quyidagilar: maktab ta`lim tizimida
o`quv yuklamalari va o`quv jarayonlari me`yorlarini o`quvchi talabalarning
yoshiga
qarab
belgilash;
o`quvchi
yoshlar
o`rtasida
sog`lomlashtirish
markazlarining tashkil etilishi (massaj, fizioterapevtik muolajalar, gimnastika
mashg`ulotlari) va boshqa turdagi sport bilan bog`liq jismoniy mashg`ulotlar
o`quvchi yoshlar o`rtasida kasallikni kamayishi va o`sish dinamikasida yaxshi
natijalarni Гарсия Х. (1985) takidladi.
O`quvchi yoshlarning o`sishi va rivojlanishiga ta`sir etuvchi asosiy
omillardan biri bu atrof muhit va uning salbiy oqibatlaridir [Ананьева Н.А.,
Ямпольская Ю.А. 1989; Алиханова С.А. 1993; Баранова А.А. 1999].
Ichaklarning sfinktеr apparati sohasidagi mushaklar va shilliq qavat tomirlarining
tuzilishi, ularning ahamiyati haqida mulohaza yuritish har doim dolzarb bo`lib
kеlgan [Сакс.Ф.Ф. 1994; Суворова Г.Н. 2001]. Hazm kanalidagi sfinktеrlarning,
qon bilan ta`minlanishi, mikrotomirlarning tuzilishi, mohiyati va anal kanalidagi
18
mushaklar xususiyati, ularning patologiyasi haqida bir qancha ilmiy ishlar qilingan
[Ривкин В.Л., Капуллер Л.Л. Геморрой. 1985; Лёнюшкин А.И. 1990;
Гачечиладзе Т.В. 1987; Дульцев Ю.В. 1981]. Masalan, rodanit kaliy hamda
kumush sulfat tasirida anal kanalining sfinktеr sohasidagi shilliq qavati qalinligi
kamayadi, shilliq osti va sfinktеr sohasidagi mikro qon tomirlarining diamеtrlari
kеngayadi. [Ilyasov A.S. 2007]. Tirik organizmdagi begona birikma (ksenobiotik)
larni salbiy ta`siri va uni bartaraf etish choralarini [Ilyasov A.S., Hamidova D.
2012] takidlashdi.
Dostları ilə paylaş: