12
A. Umurtqa pog’onasi (33-34 ta umurtqadan iborat)
B. Qovurg’alar (12 juft).
V. To’sh suyagi
2- Kalla suyaklari:
A. Yuz qismidagi suyaklar: burun, ko’z yoshi, yonoq, yuqori va pastki jag’,
dimog’ va tanglay suyaklari.
B. Bosh qismi suyaklari: peshona, ensa, chakka, tepa, ponasimon, g’alvirsimon
suyaklar
3- Qo’l suyaklari:
A. Yelka kamari suyaklari (o’mrov va kurak)
B. Qo’lning erqin suyaklari (elka, tirsak, bilak va qo’l panjasi suyaklari).
4- Oyoq suyaklari:
A. Oyoq kamari (chanoq) suyaklari: yonbosh, qov va o’tirg’ich suyaklar.
B. Oyoqning erqin suyaklari: son, katta va kichik boldir suyaklari, oyoq panjasi
suyaklari.
Skeletning funksional ahamiyatini hisobga olib, uning arxetektonikasini
taxlil qiladigan bo’lsak, unda umurtqa pog’onasi muhim markaziy qismni
egallaydi. Bo’yin umurtqalari ensa suyagi bilan bevosita bo’g’im hosil qilib
birikadi, ko’krak umurtqalarining
qovurg’alar bilan birikishi ko’krak qafasini hosil qiladi. O’z navbatida ko’krak
qafasi yelka kamari (o’mrov va ko’rak) suyaklari yordamida qo’lning erqin
suyaklari bilan bo’g’im hosil qilib birikadumg’aza umurtqalari chanoq suyaklari
bilan birlashib yaxlit chanoqni hosil qiladi. Chanoq suyaklarining tanasida hosil
bo’lgan sirka kosasi son suyagining proqsimal uchi bilan bo’g’im hosil qilib
birikadi. Shu bois umurtqa pog’onasi skeletning negizi deb karaladi.
Dostları ilə paylaş: