3
Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura bo'limi "Biologiya o'qitish
metodikasi" mutaxasisligi magisranti Hamidova Dilbar G`iyosovnaning "
Tayanch- harakatlanish a`zolari sistemasining yoshga oid xususiyatlari va uni
o`qitilish metodikasi" mavzusidagi ma'gistr akademik darajasini
olish uchun yozgan dissertatsiyasiga
Taqriz
Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash va ta`lim tizimida
maktab yoshidagi bolalar va o`smirlarning sog`lig`ini saqlash va sog`lomlashtirish
borasida ko`pgina chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Bu borada maktab ta`limidagi
ijobiy o`zgarishlar oxirgi yillarda o`z samarasini bermoqda.
Navoiy viloyatining turli hududlarida yashovchi bolalarni tayanch-harakat
sistemasining jismoniy rivojlanishi va morfometrik ko`rsatgichlarini aniqlash
hamda yoshga oid xususiyatlarini o`qitish uslublarini o`rgatish.
Ta'lim mazmunining tarkibiy qismi bo'lgan bilimlar o'quvchilar tomonidan
o'quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr
yuritish, o'rganilgan ma'lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni tanish odatiy va yangi
kutilmagan
vaziyatlarda
qo'llash
bosqichlari
yordamida
o'zlashtiriladi.
O’quvchilarda faoliyat turlari - ko'nikma va malakalarni shakllanti-rish ko'nikma
tarkibiga kiradigan ish usullarni aniqlash va ularni bajarish, ko'rsatmaga binoan
shu ish usullarini takror mashq qilish, ko'nikmalarni tanish, odatiy va kutilmagan
yangi vaziyatlarda ijodiy qo'llash kabi bosqichlarni o'z ichiga oladi.
Hamidova Dilbar G`iyosovnaning " Tayanch- harakatlanish a`zolari sistemasining
yoshga oid xususiyatlari va uni o`qitilish metodikasi" dssertatsiyasida odam va
uning salomatligi o'quv fanidan munozarali darslarni o'tkazish usullari,biologiyani
o'qitishda muammoli va modulli ta'lim texnologiyalarini qo'llash usullarini
o'rgangan.
Dissеrtatsiya mazmuni 80 betdan iborat bo`lib, dissеrtatsiya kirish, 3 ta bob,
adabiyotlar sharhi, shaxsiy tadqiqot ma`lumotlari, tadqiqot natijalarining
muhokamasi, xulosalar va amaliy tavsiyalardan tuzilgan. Foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxati 69 ta manbaadan iborat bo`lib, shundan 41 tasi xorijlik
mualliflarga tegishli. Dissеrtatsiya ishi 24 ta jadval, 9 ta rasm va 29 ta ilovalar
bilan to`ldirilgan.
Hamidova Dilbar G`iyosovnaning " Tayanch- harakatlanish a`zolari sistemasining
yoshga oid xususiyatlari va uni o`qitilish metodikasi" mavzusidagi magistr
akademik darajasini olish uchun yozgan clissertatsiyasi, magistrlik dissertatsiya
ishlariga qo'yilgan talablarga to'liq javob beradi. Ishning yuqori saviyada
yozilganligini hisobga olib ijobiy baholayman.
Dostları ilə paylaş: