Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi.
Birinchi marta Navoiy viloyatida
bolalarning tayanch-harakat organlarining yoshga oid anatomo-fiziologik xossalari
izohlandi. Maktab yoshdagi o`quvchi yoshlarga tayanch-harakat tizimi mavzusini
o`rgatishda zamonaviy o`qitish uslublaridan foydalangan holda yoritib berildi.
Ilk bor viloyatimizdagi sanoat ishlab chiqarish korxonalari, paxta yetishtirish
hamda dasht hududlarida o`sayotgan turli yoshdagi bolalarning jismoniy
rivojlanishini aniqlash uchun antropometrik ko`rsatgichlari (bo`y uzunligi, tana
og`irligi, bosh aylanasi va ko`krak aylanasi) aniqlandi.
Birinchi marta turli hududlarda yashovchi birinchi bolalik, ikkinchi bolalik,
o`spirin va o`smirlik davrlarda bolalarning kasallanish darajasi o`rganildi.
|