“hamkorbank” atb bank kartalarini foydalanishga berish va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida ommaviy oferta


Shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi



Yüklə 213,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix19.04.2023
ölçüsü213,45 Kb.
#100655
1   2   3   4   5   6   7   8   9
53a3bec6563eb074945bd825a22b2a39

 
8. Shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi 
8.1. 
Mazkur shartnoma 5 (Besh) yil muddatga tuziladi. 5 (Besh) yildan soʻng 
shartnomani bekor qilish boʻyicha taraflardan yozma murojaat boʻlmasa yoki shartnoma 
shartlari boʻyicha taraflarning yozma eʼtirozi boʻlmasa, shartnomaning amal qilish 
muddati keyingi kalendar yiliga uzaytirilgan hisoblanadi. 
8.2. 
Shartnoma bekor qilingan taqdirda, Bank KH boʻyicha operatsiyani toʻxtatadi. 
KH mavjud pul mablagʻlari qoldigʻi BK foydalanuvchisining tegishli yozma arizasiga 
asosan boshqa hisobvaraqqa oʻtkaziladi yoki kartadan foydalanish muddati keyingi 5 
(Besh) yilga uzaytirilgan taqdirda, hisobvaraq boʻyicha operatsiyani tiklab beradi. 
8.3. 
Bank oʻzgartirishlar kuchga kirishidan oʻn kun oldin BK foydalanuvchisini 
telefon raqamiga xabarnoma yuboradi hamda «www.hamkorbank.uz» bankning veb-
saytida eʼlon berish orqali mazkur shartnoma shartlarini amaldagi qonunchilik doirasida 
oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishi mumkin.
8.4. 
BK foydalanuvchisi BKni bankka topshirgach, istalgan vaqtda ushbu shartnomani 
bekor qilishga haqli. 
8.5. 
Bank mijozni 1 oy avval yozma, shu jumladan elektron hamda BK 
foydalanuvchisining telefon raqamiga xabarnoma yuborgan holda shartnomani bekor 
qilishi mumkin. 
8.6. 
Mazkur shartnoma taraflar uchun bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan hujjat 
hisoblanadi va Mijoz tomonidan Mazkur shartnoma bilan tanishib chiqib, shartnomaning 
barcha shartlarini toʻliq xajmda qabul qilish toʻgʻrisidagi arizani Bankning istalgan 
filialiga taqdim qilishi bilan tuzilgan hisoblanadi. 
8.7. 
Agar ushbu oferta shartnomasida nazarda tutilgan xizmatlardan foydalangan holda 
shubhali operatsiyalarni amalga oshirish holatlari aniqlansa, Bank oferta shartnomasi 
boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni 30 kunga toʻxtatib qoʻyishga haqli. 
8.8. 
Agar oferta shartnomasi xizmatlaridan jinoyat yoʻli bilan olingan daromadlarni 
legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni 
moliyalashtirish maqsadida foydalanilganligi toʻgʻrisida asosli shubhalar mavjud boʻlsa, 
shartnoma bank tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi. 
8.9. 
Bank Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini 
tarqatishga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq zarur 
hujjatlar va maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu shartnomani bir tomonlama 
tartibda bekor qilishga haqli. 
9. Maxfiylik 
9.1. Mazkur shartnomani tuzish va bajarish vaqtida taraflar bir-biridan olgan barcha 
maʼlumotlar maxfiy axborotlar deb tan olinadi. 
9.2. Shartnomani tuzish va shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish 
chogʻida boshqa tarafning tijorat siri hisoblangan maxfiy axborotlar va maʼlumotlarni 
axborot foydalanuvchisining yozma roziligisiz oshkor qilmaslik majburiyatini oladi.
9.3. Mazkur talab shartnomaning amal qilish muddatiga hamda shartnoma muddati 
tugagan vaqtdan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi. 
9.4. Ushbu talablarni buzgan taraf buning oqibatida ikkinchi tarafga yetkazilgan barcha 
zararni toʻliq hajmda qoplaydi. 

Yüklə 213,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin