Hamkorbankning Shahrixon filyalining bo’limlari faoliyatini tahlili


Hamkorbankning Shahrixon filyalining iqtisodiy ko‘rsatkichlari samaradorligini oshirish bo‘yicha strategik rejasi



Yüklə 114,97 Kb.
səhifə10/11
tarix12.06.2023
ölçüsü114,97 Kb.
#129185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Turg\'unboyev Otabek Hisobot tayor

7.Hamkorbankning Shahrixon filyalining iqtisodiy ko‘rsatkichlari samaradorligini oshirish bo‘yicha strategik rejasi
Hamkorbankning Shahrixon filyalining iqtisodiy ko`rsatkichlari barqaror o`sish dinamikasiga ega. Bugungi kunda Hamkorbankning jami kapitali 4 868 896,9 mln. so`mni tashkil qiladi. Bu esa 2020-yil 1-yanvariga nisbatan11.7% ga o`sgan. 2022-yilning 1-yanvar holatiga aholi omonatlari 6 205 955.2 mln.so`m bo`lgan (2021-yil 1-yanvariga nisbatan 28.5 foizga o`sgan). 2022-yilning 1-yanvar holatiga bankning kredit qo`yilmalari 18 792 139.1 mln. so`m bo`lgan (2021-yilning 1-yanvar nisbatan 51.5 foizga o`sgan).
Bank bugungi kunda O`zbekiston bo`ylab 197 Hamkorbank filiallari va 817 ta bankdan tashqari tashkil etilgan kassalar, 355 ta 24/7 shoxobchalar, 1 ta Hamkorbank mini-banklari, 108 ta Bank xizmatlari markazlari va 287 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalari mavjud.



1-rasm. Hamkorbank Aksiyadorlari tarkibi


ATB Hamkorbankning 29.89% aksiyalari Chet El tashkilotlari aksiyalari va qolgan 70.11% aksiyalari Xususiy kapital jamg`armasiga tegishli.
Kelajakda ham banklar o`rtasida yetakchilikni mustahkamlash, ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada rivojlantirish maqsadida bank tomonidan 2020-2023-yillarda yangi rivojlanish strategiyasini tasdiqlandi hamda quyidagi rivojlanishning yangi ustuvor yo`nalishlarini belgilab olindi:

    • Mamlakatning barqaror va faol moliyaviy tashkiloti sifatida Hamkorbank o`rnini yanada mustahkamlash;

    • Inson omilini yo`qotib, onlayn xizmatlar sonini oshirish;

    • Hamkorbankning raqobatbardoshligini ta’minlovchi kuchli xodimlar siyosatini joriy qilish va amalga oshirish;

    • Bankning moliyaviy samaradorligini oshirish;

    • Samarador informatsion siyosat va brendni ilgari surish.

O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Hamkorbank Shaxrixon tumani filiali Ustavida o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalarining qisqacha bayoni keltirildi. So`nggi yillarda chiqarilayotgan qonunlar, qarorlar va farmonlarning ko`pchiligi yurtimizda kichik biznesni qo`llab quvvatlash maqsadida qabul qilingan me’yoriy-
huquqiy hujjatlarni tashkil etadi.
2020-yil 12-mayda xususiy sektor rivojlanishini rag`batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2020 — 2025-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to`g`risida”gi PF-5992 sonli farmonni qabul qildi4. Ushbu farmon orqali respublikada faoliyat yuritayotgan barcha banklarning zimmasiga yanada kuchli mas’uliyat yuklandi. Ushbu farmon bilan 2020

  • 2025-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi va O`zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.

2020 — 2025-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo`yicha, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli ko`rsatkichlar quyidagicha belgilandi:
2020 — 2025-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo`yicha, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli ko`rsatkichlar quyidagicha belgilandi:
bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo`lmagan banklar aktivlari ulushini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
banklar majburiyatlarining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlari ulushini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur tajriba, bilim va obro`ga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish5.
7-jadval

Yüklə 114,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin