Hamkorbankning Shahrixon filyalining bo’limlari faoliyatini tahlili



Yüklə 114,97 Kb.
səhifə3/11
tarix12.06.2023
ölçüsü114,97 Kb.
#129185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Turg\'unboyev Otabek Hisobot tayor

Hamkorbank missiyasi – bank faoliyatining mazmuni va ma’nosini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarishdagi, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o`sishini ta’minlashdagi o`rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizning mijozlarimiz – aholi va xo`jalik yurituvchi subyektlar, ularning faoliyati, maqsadlari va intilishlari, farovonligi – Hamkorbank aynan shuning uchun faoliyat yuritadi.

Bank rekvizitlari


Bankning to`liq nomlanishi
Chet El kapitali ishtirokidagi aksiyadorlik tijorat banki Hamkorbank Shahrixon filyali
Bankning qisqacha nomlanishi
ATB Hamkorbank Shahrixon filyali
Yuridik manzil
Shahrixon Shaxar, 170119, Bobur shox ko’chasi, 85
Pochta manzili
Shahrixon Shaxar, 170119, Bobur shox ko’chasi, 85
Aloqa markazi
800 1-200-200


2.Hamkorbankning Shahrixon filyalining bo’limlari faoliyatini tahlili
Hamma sohalarda bo`lganidek bank sohasi ham birinchi navbatda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilgan holda o`z faoliyatini boshlaydi va uni yuritadi. Shu asosida sohani rag`batlantirvchi va faoliyatini tartibga solish chun ishlab chiqarilgan bir qator prezident qarorlari, farmonlar, qonunlari va nizomlarga rioya etadilar.
Bank o`z faoliyatida O`zbekiston Republikasining 1996-yil 25-apredagi “Bank va bank faoliyati to`g`risida”gi 216-1-son Qonuniga asosan o`z faoliyatini olib boradi va tartibga soladi. Bu qonunning 1-moddasidagi ta’riflarni ko`rib chiqsak:
Bank-tijorat tashkiloti bo`lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag`lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish va to`lovlarni amalga oshirishishi mumkin. Bu qonunning 2-moddasida bank faoliyatining sub’ektlari haqida yozilgan bo`lib, O`zbekiston Republikasida tashkil etilgan hamma banklar bank faoliyatining sub’ektlaridir deyilgan3.
3-moddada bank faoliyatining huquqiy asosi- banklar faoliyati ushbu Qonun, “O`zbekiton Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi Qonun, Boshqa hujjatlar bilan tartibga solib borilishi aytib o`tilgan.
Qonunning 16-moddasida banklarning filiallari hamda vakolatxonalari va ularning ochilishi haqida va ularga ta’riflar keltirilgan. Banklar O`zbekiston Respublikasida o`z filiallarini, chet el banklari esa o`z vakolatxonalarini Markaziy bankning ruxsati bilan ochishlari mumkin. Bank filiali-uni tashkil etgan bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi alohida bo`linmadir. Chet el bank vakolatxonasi- bank faoliyatini amalga oshirmagan holda bankning manfaatlarini o`ylab ish yurituvchi



3 O`zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apredagi “Bank va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunining 1-moddasi.
alohida bo`linmadir. Filialning rahbarlarini ularni tashkil etgan bankning rahbari Markaziy bank bilan kelishib tayinlaydi.
Qonunning 38-moddasi “Bank siri” to`g`risidagi moddasi hisoblanib, unda quyidagilar bayon qilinadi:
Banklar o`z mijozlari vakillarining operatsiyalari va hisobvaraqamlari hamda jamg`armalariga doir ma’lumotlar sir saqlanishiga kafolat beradi. Bankning barcha xizmatchilari, bank, uning mijozlari va vakillarining bank operatsiyalari, hisobraqami va jamg`armalariga ma’lumotlarni sir saqlashlari shart.
Yuridik shaxslar va boshqa tashkilotlarning operatsiyalari hamda hisobvaraqalariga doir ma’limotlar ana shu tashkilotning o`ziga, prokuror, sudlarga, jinoiy ish qo`zg`atilgan bo`lsa, surushtiruv tergov organlariga beriladi.
Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotlar mijozlarning hisobvaraqlari va omonatlarda turgan pul mablag`lari hamda boshqa qimmChet el kapitali ishtirokidagiaho narsalarni xatlanishi, mol-mulk musodara etilishi mumkin bo`lgan hollarda yuritilayotgan ishlar bo`yicha sudlar, surushtiruv va tergov organlariga beriladi.
Bankning asosiy maqsadi Bank aksiyadorlariga foyda to`lanishini ta’minlash maqsadida o`zining va jalb etilgan mablag`laridan foydalanishdan daromad olish uchun bank faoliyatini amalga oshirish, shuningdek u bilan bog`liq xizmatlarni ko`rsatishdir.
O`z faoliyati maqsadlariga erishishi uchun bank quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:

  • bank xizmatlari bozorini rivojlantirish hamda ichki va xalqaro bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslarning o`sibborayotgan bank xizmatlariga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish;

  • jalb etilgan mablag`larning o`z vaqtida qaytarilishini ta’minlash, ko`rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirib, ularni xalqaro andozalar darajasigacha yetkazish, texnologiyalarning yangi turlari takomillashtirishlarni joriy etgan holda hisob- kitoblar tizimini rivojlantirish;


Yüklə 114,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin