22-o‘quvchi: Poyijannat onamsiz bizni,
Ayamangiz duoyingizni,
Ota, oching qo‘llaringizni,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
23-o‘quvchi: Oh, bekafan ketganlar haqqi,
Rohat topmay o‘tganlar haqqi,
Eng zo‘r bo‘lsin shu o‘zbek xalqi,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
O‘zbekiston muqaddas zamin!
24-o‘quvchi: Yashang do‘stlar sezib baxt ta’min,
Unutingiz ko‘ngilning g‘amin,
Baland tuting yurtning bayrog‘in,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
25-o‘quvchi: Vatan so‘zin anglar bu millat,
Dunyo g‘amin tinglar bu millat.
Sozi baland yangrar bu millat,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
26-o‘quvchi: Suvi oltin, tuprog‘i oltin,
Qiyosi yo‘q mehribon xalqin,
Ko‘ring bugun o‘zbekning baxtin,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
27-o‘quvchi: So‘zlarimni tinglang do‘stlarim,
Vatan buyuk bilganim manim,
O‘zbek yana ko‘tardi qadrin,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
28-o‘quvchi: Shunday ekan nega kuylamay,
Kelajagin nega o‘ylamay,
Dovrug‘ini dunyoga yoyay,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
Qasamyod:
1.O’zbekistonimiz mustaqilligini mustahkamlab erkin va yorug’ kelajak uchun doimo olg’a yurishga
2.O`quvchi:O`zimizni tomchi va tomchi, zarrama-zarra, buyuk maqsadlar sari charchamay toliqmay safarbar etib borishga,
3. O`quvchi:ona yurtimizga, milliy istiqlol g`oyalariga sadoqatli bo`lishga,
4.Ajdodlarimizga munosib vorislar bo’lishga
5.O`quvchi:har kuni , har soatda fidoyi bo`lishga
Qasamyod qilamiz, Qasamyod qilamiz, Qasamyod qilamiz!
11-o‘quvchi: Gulbo‘ston, nur o‘ragan maskan,
Turkiston, gul o‘ralgan gulshan,
Mustaqilsan, ey ona tuproq,
Dostları ilə paylaş: |