Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix04.03.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#86611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
uz la wtnd 2015 16

Davolash:
Dastlab ko‘zni qaynatilgan suvga 
ho‘llangan latta bilan yiringdan tozalang, 
so‘ng ko‘zga ishlatiladigan antibiotik 
mazidan qo‘ying (680-bet). Pastki qovoqni 
biroz o‘zingizga torting va ichiga mazdan 
(surtmadan) biroz qo‘ying, mana bunday 
qilib: mazni ko‘z ustiga qo‘yishdan foyda 
yo‘q.
Oldini olish:
Kon’yuktivit kasalligi juda yuqumli bo‘ladi. Infeksiya osongina bir 
odamdan ikkinchisiga o‘tadi. Kon’yuktiviti bor bola boshqa bolalar bilan 
o‘ynashi yoki uxlashiga yoki bitta sochiqdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang. 
Ko‘zni ushlagandan so‘ng qo‘lingizni yuving. 
OGOH BO’LING:
Tyubikni ko’zga 
tekkizmang.
TRAXOMA (SHILPIQ)
Traxoma(shilpiq) surunkali infeksion kasallik bo‘lib, sekin-asta 
og‘irlashib boradi. U bir oydan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. 
Agar vaqtida davolanmasa, ko‘rlikka olib kelishi mumkin. U ko‘zga qo‘l 
tekkizish yoki pashshalar orqali yuqadi va ko‘pincha aholi zich joylarda 
uchraydi.


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
412
Belgilari:
• Traxoma oddiy konyuktivit kabi ko‘zning
qizarishi, yoshlanishi bilan boshlanadi.
• Bir oy yoki ko‘proqdan so‘ng yuqori qovoq osti-
da follikul deb ataladigan mayda-mayda kul rang
pufakchalar paydo bo‘ladi. Ularni ko‘rish uchun
rasmda ko‘rsatilgandek qilib qovoqni orqaga
ag‘daring.
• Ko‘z oqi biroz qizargan bo‘ladi.
• Bir necha oydan so‘ng, agar siz sinchiklab yoki
kattalashtiruvchi oynak orqali ko‘zga qarasangiz,
siz muguz parda yuqori burchagining kul rang
tusga kirganini ko‘rishingiz mumkin, buning
sababi, uning ichida yangi juda kichkina qon
tomirlar(pannus) paydo bo‘lganligidir.
• Follikul va pannus bo‘lsa, buning traxomaligiga
deyarli shubha yo‘q.
• Bir necha yildan so‘ng follikullar o‘zidan so‘ng
oq chandiqlar qoldirib yo‘qola boshlaydi.
Chandiqlar qovoqni qalinlashti-
radi va ko‘zni ochib, yumishga 
xalaqit berishi mumkin.
Chandiqlar kipriklarni ko‘z ichiga tortishi, 
natijada, muguz pardasining shilinishi 
va ko‘rlikka olib kelishi ham mumkin.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin