Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/19
tarix04.03.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#86611
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
uz la wtnd 2015 16

MUHIM: Xar bir bolaning ko‘rish qobiliyati 
iloji boricha ertaroq tekshirilishi kerak (tax-
minan 4 yoshlarda). Bunda siz maxsus „E” 
shaklli jadvalni ishlatishingiz mumkin. Mua-
mmo faqat bir ko‘zda ekanligini aniqlash 
uchun har ikkala ko‘zni ham alohida-alohi-
da tekshiring. Agar bolaning ko‘rish qobili-
yati ikkala ko‘zda ham yomon bo‘lsa, ko‘z 
shifokoriga murojaat qiling
6 sm
4.5 sm
3 sm
1.5 sm
3/4 sm
NINALOG‘ICH (GOVMICHCHA)
Ko‘z qovog‘ining chetida, kipriklar oldida 
yoki ichkarida qizil, shishgan tuguncha paydo 
bo‘ladi. Davolash uchun biroz tuz solingan 
iliq suvli kompresslar qo‘ying. Kuniga 3 mahal 
antibiotikli ko‘z mazini ishlatish yangi govmich-
chaning paydo bo‘lishi oldini oladi.
PTERIGIUM
Ko‘zning burun tarafi dagi oq qismidan 
o‘sib chiqib, asta-sekin muguz pardasigacha 
yetib boradigan qalin, go‘shtdor o‘simta; qisman 
quyosh nuri, shamol va chang ta’sirida paydo 
bo‘ladi. To‘q qora rangli ko‘z oynak ta’sirlanishni 
kamaytirib, pterigiumning o‘sishini sekinlashtiradi. 
U qorachiqqa o‘sib borgunga qadar operatsiya 
qilinishi kerak.
Afsuski, ko‘pincha operatsiyadan so‘ng 
ham pterigium qayta o‘sib chiqadi. Ko‘z qichishi 
yoki qizishini pasaytirish uchun siz sovuq kom-
presslar qilishingiz mumkin. 
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
419
MUGUZ PARDANING SHILINISHI, YARALANISHI YOKI 
CHANDIQLANISHI
Muguz pardaning juda nozik, yupqa yuzasi 
shilinganda, yoki biror infeksiya orqali shikastlan-
ganda muguz pardada og‘riqli yara paydo bo‘li-
shi mumkin. Yorug‘likda yaxshi tikilib qarasangiz, 
muguz pardaning yuzida kul rangli yoki unchalik 
yaltiramaydigan dog‘ni ko‘rishingiz mumkin.
Agar kasal yaxshilab davolanmasa, mu-
guz parda yarasi ko‘rlikka olib kelishi mumkin. 7 
kun davomida kuniga 4 mahaldan antibiotikli ko‘z 
mazidan qo‘ying, penitsillin ishlating(629-bet) va 
ko‘zga yumshoq bog‘lam qo‘ying. Agar ko‘z 2 kun 
ichida yaxshi bo‘lmasa, shifokorga uchrang.
Muguz pardadagi chandiq bu og‘riqsiz oq 
dog‘dir. U muguz parda yarasi bitib ketganidan 
keyin, kuygan joy yoki ko‘zning boshqa jarohatlari 
tuzalganidan keyin qolgan bo‘lishi ham mumkin. 
Agar kasalning ikkala ko‘zi ham ko‘rmay 
qolsa-yu, lekin u hali ham yorug‘likni sezayot-
gan bo‘lsa, bir ko‘z operatsiyasi (muguz parda 
trasplantatsiyasi) uning qayta ko‘rishiga yordam 
berishi mumkin. Lekin bu, qimmatga tushadi. 
Agar bir ko‘zda chandiq bo‘lsa, boshqasi 
esa yaxshi ko‘rsa, operatsiya qildirmaganingiz 
ma’qul. Sog‘ ko‘zingizni jarohatlardan ehtiyot qil-
ing.


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
420
KO‘Z OQIGA QON QUYILISHI
Ko‘z oqida qon singari qizil, og‘riqsiz dog 
bo‘lishiga sabab ba’zan biror og‘ir narsani ko‘tar-
ish, qattiq yo‘talish (ko‘kyo‘tal singari) yoki ko‘zga 
zarb tegishi va boshqalardir. Ushbu hol, kichik 
tomirning yorilishidan kelib chiqadi. Bu holat 
xavfsizdir, u ham ko‘kargan joydek 2 haftada o‘z-
o‘zidan yo‘qolib ketadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘zlarida kichik 
qizil dog‘lar bo‘lishi oddiy holdir. Davolashning 
hojati yo‘q.
MUGUZ PARDA ORQASIGA QON QUYILISHI (GIFEMA)
Muguz parda orqasiga qon quyilishi xavf 
belgisidir. U ko‘pincha ko‘zga musht kabi to‘mtoq 
narsa bilan urushdan kelib chiqadi. Agar ko‘z 
og‘risa yoki ko‘ra olmasa kasalni tezlik bilan ko‘z 
mutaxassisi oldiga olib boring. Agar ko‘z qat-
tiq og‘rimasa, ko‘ra olsa kasalni yotqizing va bir 
necha kun dam oldiring.
Agar bir necha kundan so‘ng og‘riq zo‘ray-
sa, bu holat ko‘zning qattig‘lashishi (glaukoma, 
415-bet) bo‘lishi mumkin. Kasalni tezda ko‘z 
shifokoriga olib boring.
MUGUZ PARDA ORTIDAGI YIRING (GIPOPION)
Muguz parda ortidagi yiring qattiq yallig‘la-
nish belgisidir. U ba’zan muguz parda yaralari tu-
fayli paydo bo‘ladi va ko‘z xavf ostida ekanligidan 
darak beradi. Penitsillin(629-bet) ishlating va tez 
tibbiy yordamga murojaat qiling. Agar yara to‘g‘ri 
davolansa, gipopion o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
421
MUGUZ PARDA ORTIDAGI YIRING (GIPOPION)
KATARAKTA (GAVHAR XIRALASHUVI)
Bunda ko‘z qorachig‘i ortidagi ko‘z gavhari 
xiralashadi va natijada, siz ko‘zga yorug‘lik 
tushirganingizda qorachig‘i kulrang yoki oq bo‘lib 
ko‘rinadi. Katarakta ko‘pincha katta yoshli odam-
larda uchraydi, ammo yosh chaqaloqlarda ham 
kamdan kam hollarda uchrab turadi. 
Agar ushbu kasallik tufayli ko‘zdan qolgan 
odam qorong‘ulik va yorug‘likning farqiga borsa
harakatlarni ko‘ra olsa, operatsiya yordamida 
uning ko‘zi tuzatilishi mumkin. Lekin hozirgi pay-
tda operatsiya yo‘li bilan ko‘zga sun’iy gavhar 
qo‘yilmoqda. Agar ko‘zga sun’iy gavhar qo‘yilsa, 
ko‘zoynak taqish kerak emas. Kataraktada dorilar 
yordam bermaydi. 
SHABKO‘RLIK. KO‘Z QURUQLIGI (KSEROFTALMIYA)
(A VITAMININING YETISHMASLIGI)
Ushbu kasallik 1-5 yoshgacha bo‘lgan 
bolalarda ko‘p uchraydi. Bu kasallik A vitaminni 
yetarli iste’mol qilmaslikdan kelib chiqadi. Agar 
kasallik vaqtida aniqlanib, davolanmasa bola ko‘r 
bo‘lib qolishi mumkin.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin