Hammaga omad 1



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#167578
1   2   3   4   5   6
VARIANT ONLINE

 

 
Matnni o’qing va berilgan topshiriqlarni bajaring.
Yupiter (arablarda Mushtariy) Quyoshdan beshinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, uni “sayyoralar qiroli” deb 
atashadi. U barcha sayyoralar ichida eng kattasi va o‘z o‘qi atrofida tez aylanuvchi sayyora hisoblanadi. 
Uning diametri Yernikiga nisbatan 11 marta, o‘lchami jihatidan 318 marta katta. U osmondagi yorqinligi 
bo‘yicha Quyosh, Oy va Veneradan keyin turadigan to‘rtinchi ob’yektdir.Yupiter Quyosh tizimidagi eng 
katta va Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha beshinchi sayyoradir. U Saturn, Uran, Neptun singari gazli 
gigantlardan hisoblanadi. Bu sayyora juda qadim zamonlardan odamlarga ma’lum bo‘lgan. Yunonlarda 
Zevs, rimliklarda Yupiter (momaqaldiroq xudosi) nomi bilan atalgan.Yupiterning hozirgi kunda 67 ta 
yo‘ldoshlari bor.
Atoqli Italiya astronomi Galileo Galiley 1610-yilda Yupiterning to‘rtta katta yo‘ldoshini kuzatgan.O‘sha 
yillar bu yo‘ldoshlarni nemis astronomi Simon Marius ham kuzatgan va 1614-yili ularni Io, Yevropa, 
Ganimed, Kallisto nomlari bilan atagan. Bu yo‘ldoshlarning barchasi yorqin va Yupiterdan uzoqlashgan 
orbitalar bo‘ylab harakat qilishadi. Yupiterning Yevropa yo‘ldoshi keyingi paytlarda olimlar e’tiborini 
o‘ziga qaratgan yo‘ldosh hisoblanadi. Chunki uning tarkibida kislorod yuqori bo‘lgan tarqoq atmosferasi 
mavjud ekan. Bu yo‘ldosh muz qatlamlari ostida muzlab qolmaydigan okean va unda mikroskopik hayot 
mavjud degan fikrlar ham yo‘q emas. Ammo bu yo‘ldosh yuzasini balandligi 15 metr keladigan muz 
nayzalari qoplagan bo‘lib, ular kosmik apparatlarni uning sathiga qo‘ndirishda jiddiy to‘siq bo‘lishi ham 
mumkin.
Yupiterni olimlar qaynab turgan suyuq vodorod okeani, deb atashadi. Yadrosini hisobga olmaganda, bu 
sayyora atmosferasi tarkibining 60 foizini molekulyar vodorod, 36 foizini geliy, 3 foizi neon, 1 foizga yaqin 
amiak va metan tashkil etadi. Yerga nisbatan u Quyosh energiyasini 27 marta kam oladi. Shuning uchun 
Quyosh nuri tushgan va eng ko‘p isiydigan sirtidagi temperatura minus 100, 150 gradus atrofida bo‘ladi.
Atmosferadagi chang-bulutlar Yupiter aylanib turgani sabab uning ekvatori tomon intilib, halqalar 
ko‘rinishini olgan. Uning yo‘ldoshlaridan 4 tasi - Adrastiya, Fiva, Metida va Amalteyalar ana shu halqalar 
ichida harakat qiladi. Gamiliya deb ataluvchi halqasi 2000 yildan keyin Yupiter yo‘ldoshlaridan birining 
boshqa yo‘ldoshiga to‘qnashishi tufayli yuzaga kelgan parchalardan tashkil topgan. Biz yuqorida 
sayyoraning Yevropa yo‘ldoshi to‘g‘risida biroz ma’lumot bergan edik. Bundan oldin u tomon uchirilgan 
«Galiley» ASS uning birinchi sun’iy yo‘ldoshiga aylangan edi. Uning Io yo‘ldoshi ham ancha qiziqarli 
yo‘ldoshlardan biridir. Bu yo‘ldosh Yupiterga eng yaqin, Yupiter atrofida unga sinxron aylanib turadi, 
ya’ni uning Yupiter atrofida aylanish davri Yupiterning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga teng. Demak, Io 
Yupiterga bizning Oy kabi faqat bir tomoni bilan qaragan bo‘ladi. U Quyosh tizimida eng faol va kattaligi 
jihatidan to‘rtinchi yo‘ldoshdir. Unda 400 dan ortiq harakatdagi vulqonlar mavjud. Bundan tashqari, Ioda 
tog‘lar ham nihoyatda ko‘p. Hatto Janubiy Boosava tog‘i Yerdagi Jomolungma tog‘idan ikki barobar baland 
hisoblanadi.Teleskopda kuzatilganda Yupiter sirtida ekvator bo‘ylab qora belbog‘lar ko‘rinadi. Bu 
belbog‘lar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Bundan ko‘rinayotgan hodisalar uning sirtida emas, balki 
atmosferasiga tegishli, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter gardishida bunday o‘zgarib turadigan 
belbog‘lardan tashqari, deyarli doimiy, o‘zgarmaydigan detallar ham kuzatiladi.
28.Matn mazmuniga mos to‘g‘ri shakllantirilgan 
gapni aniqlang.
A) Sayyorada hayot mavjudligi haqidagi farazlar 
uning sirtidagi muz qatlamining atmosfera 
haroratiga bog’liq.
B) Yupiter tabiiy yo’ldoshlarining u bilan 
mutanosib harakatlanishi sayyoraning o’zaro 
oraliq masofasidan kelib chiqadi.
C) Yupiter belbog’larining gohida o’zgarib turishi 
sayyora radiusining turli muz nayzalaridan 
tashkil topganligidan dalolat.
D) Sayyora halqalari uning harakatidan hosil 
bo’lib, sayyora atrofida belbog’ ko’rinishi olgan
29. Matn mazmunida aks etgan ma’lumotni 
aniqlang.
A)Yupiter yorqinligi bo’yicha Quyosh, Oy va 
Venera kabi osmon jismlari bilan bir qatorda 
turadi.
B) Yupiterdagi gaz miqdori Saturn, Uran va 
Neptun sayyoralaridan ko’ra ko’proqni tashkil 
qiladi.
C) Simon Marius tomonidan nomlangan tabiiy 
yo’ldoshlar sayyora halqalari ichida 
harakatlanadi.
D) Sayyora tabiiy yo’ldoshlari nemis va italyan 
olimlari tomonidan bir paytda o’rganilgan. 
30. Matn mazmuniga mos to‘g‘ri ifodalangan 
ma’lumotni aniqlang.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin