Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
U bir paytlar, endi saltanat izmi ilgiga o‘tgan kunlarda piri yo‘llagan
maktubdagi muborak so‘zlarni esladi: «Mamlakat kufr bilan turishi
mumkin, lekin zulm bor erda turolmaydi». Xo‘sh, undan shafqat
tilash o‘rniga o‘limni indamay kutayotgan kutvolni o‘ldirish zulmmi,
zulm emasmi?! “Zulm!” — deb o‘ziga javob berdi Sohibqiron. Ammo
yana shu narsa ma’lumki, kutvol yosh bo‘lishiga qaramay, zulm
yo‘liga o‘tgan. Sohibqiron qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik niyatida o‘z
nishonini yuborib taslim bo‘lishni taklif qilganida, bu talabga rizolik
bildirish haqida maslahat solgan ikki-uch yuzboshini mashvaratning
o‘zidayoq chopib tashlagan. La’nati jiybaxonachi, allaqachonlar
ko‘nglida xiyonat fitnasini boshlagan jiybaxona boshlig‘i ham o‘sha
yuzboshilarga qilich peshlagan. Nodon kutvol xavf-xatarni unga
oqilona maslahat bergan yuzboshilardan emas, mana shu yonida
turib qilich peshlagan jiybaxonachidan kutish kerakligini bilmagan.
Oqibatda o‘rtada jang sodir bo‘ldi, necha yuz askar bekordan-bekor
qurbon bo‘ldi. Bu zulmmi, zulm emasmi?! “Zulm!” — deb hukm
chiqardi buyuk jahongir.
Qolaversa, yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish mumkinmi? U
holda yaxshilikka nima bilan javob qaytarish lozim. Yo‘q, yomonlikka
adolat, yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarmoq kerakdir.
Aksincha bo‘lsa, xatodir.
Amir Temur yana o‘g‘liga ko‘z qirini tashladi. Uning yuzida hamon
ikkilanish alomati zohirligini sezdi va o‘g‘li unga qayrilib bir nima
deyishga hozirlanganini payqashi bilan ko‘zini olib qochdi. Yo‘q, o‘g‘li
hozir nima demoqchiligini u eshitmasligi kerak. Zero, hozircha bu ikki
iqlimni ichiga olgan cheksiz hududda va shu hududning markaziga
aylangan erda – u o‘tirgan makonda har bir narsa, har bir kimsaning
taqdiri yolg‘iz uning irodasiga, uning qaroriga bog‘liq. SHunday ekan,
kecha yolg‘iz o‘zi bilgan qaror, uni boshqalarning qulog‘i eshitmagan
bo‘lsa-da, bugun amalga oshmog‘i shart.
Sohibqiron yuzida bir daqiqa paydo bo‘lib, o‘sha lahza o‘chgan
ma’noni uqqan tovachi jallodga “Boshla!” degandek qo‘l siltadi.
O‘sha lahza jallodning qizil damli oyboltasi kutvol boshi ustida yalt



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin