Haqida rivoyat-qissa



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

t.me/e_kutubxona
Oyog‘ida bor-buti.
Qo‘ldan qo‘lga o‘tmadi
O‘g‘ilginam tobuti.
Qora erda yotarsan,
Kimsa bilmas aslingni,
Do‘stlaringni xor etding,
Kim oladi qasdingni.
Voy, o‘g‘lima, voy, o‘g‘lim,
Yigitlarning nobudi.
Qo‘ldan-qo‘lga o‘tmadi
O‘g‘ilginam tobuti…
Amir Temur cholni tanidi. U qal’ani o‘sha ilk marotiba ilgiga olganda,
o‘z sohibi, o‘z safdoshlariga xiyonat qilganligi tufayli o‘limga
buyurilgan qal’a jiybaxonasi boshlig‘ining otasi edi.
III
O‘shandayam jang juda dahshatli kechgan bo‘lsa-da, bugungichalik
bo‘lmagandi. Unda muxoliflar o‘zaro ilk marta to‘qnashayotganlari
uchun hali bir-birlaridan qo‘rqishmas, dillarda faqat: «Kimning qo‘li
baland kelarkan?» degan hadik bor edi, xolos. Ammo qilichlar bir-
biriga urilgan ilk daf’adayoq bu hadik o‘rtadan yo‘qolib, uning o‘rnini
yog‘iyga nisbatan g‘azab va nafrat egallagan edi. Tongga yaqin
boshlangan jang kechgacha davom etgan va ertasi kuni quyosh endi
qizarib chiqa boshlagan mahalda chol o‘g‘li – jiybaxona boshlig‘i
xiyonati tufayli Turon hukmdorining g‘alabasi bilan tugagan edi.
Ammo g‘alaba unga tatimadi. YUborilgan nishonidagi talabiga
bo‘ysunish o‘rniga qarshilik ko‘rsatgan qal’a kutvoli bilan unga qal’a
darvozasini ochib bergan jiybaxona boshlig‘ini qatl ettirdi. Engilgan
qo‘shin askarlarini esa qatl maydoniga olib kelib, o‘z boshliqlarining


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
sharmandali o‘limini ko‘rishga majbur etdi. Qatldan so‘ng asirlarni
qo‘yib yubordi.
Qatl oldidan asir askarlar turgan tomondan dod-faryod eshitildi. Amir
Temur sukunatni buzgan bu yoqimsiz baqir-chaqirni eshitib, “Nima
gap?” degandek qurchilar — xos navkarlari boshlig‘iga o‘qraydi.
Hukmdorning noroziligini payqagan qurchiboshi, devdek kelbatiga
yarashmagan chaqqonlik bilan pastga otildi. Uning shunday og‘ir
gavdasi bilan chaqqon harakati o‘rtasida bog‘liqlik topolmagan
hukmdor shovqin chiqqan tomonga tikildi. U mag‘lub yog‘iy askarlari
ichidan qurchilar sudrab olib chiqqan cholni ko‘rdi. CHol ikki qo‘lini
ombirdek qisib, maydon chetiga sudragan qurchilarga dastlab
qarshilik ko‘rsatishga urindi-yu, ammo dam o‘tmay, nafasi o‘chib,
qo‘l-oyog‘i majolsiz shalvirab tushdi.
“U kim?” — deb so‘radi Amir Temur qurchilar boshlig‘i qaytib, o‘z
o‘rnini egallagach. “Jiybaxona boshlig‘ining otasi ekan”, — dedi
qo‘rchiboshi. Sohibqiron birinchi marta qon shimaverib alvon tus
olgan kunda oldida qo‘li bog‘liq turgan, qal’ani xiyonat tufayli unga
olib bergan jiybaxona boshlig‘iga tikildi. U o‘g‘li tengi yigit edi.
Xuddi o‘sha lahza tovachining ishorasi bilan qatl boshlanganidan
xabar berib nog‘oralarning gumbir-gumbiri boshlandi. Maydon
o‘rtasidagi kunda qo‘yilgan supada qo‘qqayib turgan jallod qiblaga
qarab tilovat qildi. Botayotgan quyoshda uning yuzi qip-qizil tusda
tovlanardi. Tilovatni tugatgan jallod o‘rnidan turdi va kundaga
birinchi bo‘lib kutvol boshini qo‘ydi. Ammo kutvol boshini kundadan
olib, yana qad tiklashga urindi. Mushtumining zarbi bilan buqani
o‘ldirishga qodir zabardast jallod bir siltash bilan yana uning
gavdasini bukib boshini kundaga qo‘ydi, so‘ng yuksakdagi xirgoh
peshayvonidagi taxtda ichkilaru nombardorlar qurshovida turgan
hukmdorga tikildi. Aniqrog‘i, tikilgandek bo‘ldi, zero jallod boshini
ko‘tardi-yu, o‘z sohibiga tik boqishga jur’at qilolmadi. Uning qo‘lidagi
oybolta hali qonga bo‘yalmagan, ammo g‘urub shu’lasi tushib qip-
qizarib tovlanardi.



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin