Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat. t.me/e_kutubxona etdi-yu, kesilgan bosh kundadan supaga, supadan pastga dumalab
ketdi. Navbat jiybaxona boshlig‘iga etdi. YAna jallod oyboltasini erga
tirab, bosh egib izn kutdi. Tovachi hukmdor yuziga tikildi. Ammo Amir
Temur yuzida hukm ma’nosini ko‘rmay, vujudi diqqatga aylandi.
Navbat jiybaxona boshlig‘iga etdi-yu, jahongir dastlab kutvolni
boshidan judo etganiga o‘kindi. Avval battol xoinni o‘ldirish kerak edi.
Illo, o‘zini yog‘iyga sotgan xiyonatkorning o‘limini kutvol ko‘rishi
kerak edi. Jahongirning birdan g‘azabi ko‘pchib, tovachiga o‘qraydi.
Gap nimadaligini anglolmagan bechora tovachining tizzalari
bo‘shashib, rang-ro‘yi ko‘pikdek oqarib ketdi. Ha, kutvol bu
la’natining o‘limini ko‘rishi shart edi… SHart edi… Nega avval shu
narsani o‘ylamadi. Bu lahza o‘z ona yurti hifzida turgan qal’ani unga
olib bergan jiybaxona boshlig‘i uning nazarida lunyodagi eng past,
eng manfur kimsa edi.
Birdan yuztuban yotgan jiybaxonachining tanasiga jon kirgandek
bo‘ldi. Hukmdor o‘yga botgan vaqtni paysallash, deb, Sohibqiron uni
faqat qo‘rqitish uchun kunda yoniga olib keltirganligiga, aslida qilgan
ishi uchun albatta marhamat topajagiga ishona boshlagan xoin
zo‘rg‘a ko‘zlarini ochib hukmdorga boqdi. Majol topib, imdod
tilamoqchi bo‘ldi, ammo muzlab qolgan lablarini qanchalik ochishga
urinmasin, ocholmadi, faqat qaqragan, qonga to‘lgan bo‘g‘zidan
nolaga o‘zshash bir tovush chiqdi. Keyin hukmdorning o‘ziga qahr
bilan nafratomuz qarab turganini arang ilg‘adi-yu, murda nuqsi urgan
yuzini yana erga bosdi.
Amir Temur g‘azab bilan tovachiga baqirdi:
— Nimani kutyapsan, boshlamaysanmi?
Tovachining ishorasi bilan jallod bir siltash bilan jiybaxona
boshlig‘ining majolsiz gavdasini erdan ko‘tardi-da, ikki bukdi va
boshini kunda ustiga qo‘ydi. O‘sha zahoti mahkumning og‘zidan
ko‘pik oqib tusha boshladi. Jiybaxona boshlig‘ining boshi ham
kundadan pastga dumalashi bilan hammaning qulog‘i ko‘nikib qolgan
og‘ir va qo‘rqinchli sukunat og‘ushida maydon chetida bog‘liq turgan
otlar yonida chalqancha yotgan cholning yuragidan otilib chiqqan