Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
qo‘rquvni bilmasin deb sher yuragini edirdi, farosatli bo‘lsin deb
kitobga oshna qildi. Yigirmaga chiqqan o‘g‘li o‘n yillab sohibqiron
yurishlarida qatnashgan, qilich chopqilashda chiniqqan tajribali
jangchilar – bahodirlar bilan bir safda turish huquqiga ega bo‘ldi.
Amir Temur ichida farzandini qanchalik suymasin, haligacha biror
marta uning boshini silab erkalamagan. Erkalash dilni buzadi deb
hisoblardi. O‘g‘li ham shu paytgacha otasiga biror marta kulib
boqmagan, hamisha ko‘zlarida olov chaqnab turardi. Bu olov o‘sha
jang ko‘rgan bahodirlar ko‘zlaridagi olovdek sovuq porlamasdi. Bu
olov o‘tli va yosh edi. Nahotki shunday o‘g‘li dushman qo‘lida xor
bo‘lgan bo‘lsa? Nahotki?! Yo‘q, u o‘zini xor qilishlariga yo‘l qo‘ymaydi.
U yog‘iy qo‘lida xor bo‘lishdan o‘limni afzal ko‘radigan yigit. Zero u
o‘g‘lini qal’ada qoldirib ketar ekan, xayrlashish oldidan, shunday
degandi: “Saltanatga da’vogarchilik qilgan har bir kishi saltanat
sha’ni va martabasiga loyiq ish tutishi zarur. Mudom yodingda
bo‘lsinkim, bu yo‘lda jangga kirib, yo zafar quchib g‘olib bo‘lg‘aysan,
yo o‘ldirilg‘aysan. O‘limini bo‘yniga olgan kishigina bu yo‘ldan
yurmog‘i mumkin”.
Amir Temur rahmatli otasi, barloslarning ulug‘ amirlaridan biri
bo‘lmish Muhammad Tarag‘ay uni qanday tarbiyalagan bo‘lsa o‘g‘lini
o‘sha ruhda: beshafqatlik, mardlik va farosatlik, faqat shundan
keyingina oqibatlik ruhida voyaga etkazdi. Oqibat, otasining
nazarida, yolg‘iz mehr-shafqatdan, shu bilan birga dilovarligu
qattiqqo‘llikdan tug‘ilmog‘i darkor. U oqibatning inkori bo‘lmish
xiyonatni yomon ko‘rardi. Qo‘rqoqlikni kechirsa kechirar. Ammo
xiyonatchiga rahmdillik qilishni o‘ylamas, hatto bunday qilishni
gunoh deb bilardi. Agar Amir Temur dunyoning to‘rt tomonidagi eng
boy o‘lkalarni zabt etib, ularning podshohlarini o‘ziga tobe etgan
bo‘lsa, bu sharafga shu dilovarligi va oqibatdorligi, xiyonatga yo‘l
qo‘ymagani sababli erishdi.
Amir Temur o‘g‘lida uch xislat mujassam bo‘lishini istardi. Eng
avvalo, insonparvarlik, so‘ng tejamkorlik va nihoyat bosiqlik.
Insonparvar odamgina dovyurak bo‘lmog‘i mumkin. Tejamkor bo‘lgan



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin