Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
hayron qolardi. Birdan o‘yiga: “Nahotki, o‘g‘limga bir gap bo‘lgan
bo‘lsa?” degan gap keldi-da, sergak tortdi.
Sening joning Allohniki, oldin so‘yla, agar Alloh oldida javobgar
bo‘lsang, boshing shaksiz kesilg‘ay. Agar menga nisbatan aybli
bo‘lsang, hukmni mashoyixlar ayturlar…
— Avval bir qoshiq qonimdan keching, onhazrat, — dedi uyo‘g‘lon
sapchadek kichik boshini ko‘tarmay.
Amir Temurning g‘azabi qaynadi. “Nima balo, bu sakbachcha,
mening irodamni sinamoqchimi?”
Birdan daryodan esgan shabada yuziga urildi-yu, Allohning bu
ne’matidan yana ko‘ngliga xotirjamlik cho‘kdi.
— Kechdim, gapir, — dedi horg‘in tovush bilan Sohibqiron.
CHopar ortiq paysalasa, aytadigan gapi o‘zi bilan rixlatga ketishini
angladi-yu, boshini sal ko‘tardi. SHunda ham hukmdorning yuziga
qarashga jur’at qilolmay, gap boshladi:
— Ulug‘ Sohibqiron, siz qal’ani tark etgandan so‘ng la’nati yog‘iylar
nogahon uni qamal ayladilar. Necha kun jang bo‘ldi. Ammo kuchimiz
ozlik, zahiramiz nosozlik qilib mag‘lub bo‘ldik. YOg‘iylar qal’aga biz
bilmagam yashirin er osti yo‘ldan kirib oldi. Qal’aning qo‘ldan
ketmog‘i ayon bo‘lgach, bemonand shahzoda meni sizning
huzuringizga jo‘natdi. Necha o‘limdan qolib, ming g‘avg‘o bilan
qal’adan chiqishga muvaffaq bo‘ldim.
— O‘g‘limga nima bo‘ldi, u tirikmi? – deb sekin so‘radi Amir Temur.
Uning ovozidagi sovuqdan choparning etlari jimirlab ketdi. So‘ngra
zo‘rg‘a ovoz chiqardi:
— Bilmayman, olampanoh, bilmayman – uning jag‘lari titrardi, — Men
qal’adan chiqish sa’y-harakatini qilayotganimda, jang jiybaxona
oldida borayotgan, shahzoda jangning o‘rtasida edi.


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
Amir Temurning ichiga o‘t tushgandek bo‘ldi. Sekin atrofida turgan
ichkarilaru nombardorlarga razm soldi. Biror bir ko‘z ochiqdan-ochiq
unga tikilib turganini ko‘rmadi. Ammo, hammaning yuzida tashvish
alomati zohir edi. U bir dam o‘yga botib turdi-da, sekin pichirladi: 
— Hozirning o‘zidayoq qo‘shin yo‘lga otlansin. YOg‘iylar munosib
jazolonsunlar. O‘g‘lim tirikmi, o‘likmi topilsin.
Nazarida farmonini qo‘shinga etkazishga javobgar tovachi sust
harakat qilayotgandek tuyuldi. Bir harakat bilan o‘rnidan irg‘ib turdi-
yu, g‘azab bilan baqirdi:
— Bo‘g‘ozmisan, enag‘ar. Agar yana paysallasang qorningni yorib,
qoningni oqizg‘anim bo‘lsin.
Pak-pakana, qorindor tovachi xirgohdan o‘qday otilib chiqdi. “Xudo
bir asradi, xudo bir asradi!” degan o‘y chopib borayotgan
tovachining miyasini kemirardi.
Dam o‘tmay temir tog‘ yana erib, ulkan oqimga aylandi va kechagina
o‘tilgan, hali chang-to‘zoni bosilmagan yo‘llardan ilondek buralib oqa
boshladi. Endi bu qo‘shinning shiddati yana ham jadal , navkarlar
dilida qasos o‘ti yonar, otlar qamchi zarbidan alamzada yo‘rtib borar
edilar. Temir oqim bir necha kundan so‘ng dushman qo‘liga o‘tgan
qal’ani uch tomondan o‘rab oldi. To‘rtinchi tomonda esa yuksak qorli
tog‘lardan tushib hali qo‘lga o‘rgatilmagan beasov toydek hapriqib,
guvillab ulkan daryo oqib turardi. Agar o‘sha tog‘lar tomonda poda
o‘tlatib yurgan o‘sha afg‘on cho‘poni hozir qal’a tomonga ko‘z
tashlay olganida edi, ulkan biyobon qa’rida tug‘ilgan noma’lum
simobrang daryo ulkan qoyaga – qal’aga urilib ikkiga bo‘linib asrlar
davomida oqib turgan o‘zlariga tanish daryoga qo‘shilayotganiga
ko‘zlari tushardi. Agar ular ertasi ham o‘sha tomonga qaraganlarida
edi, kechagi birdan paydo bo‘lgan simobrang daryo yo‘qligini, ulkan
qoya atrofida esa ulkan qo‘l paydo bo‘lib qolganini ko‘rgan
bo‘lardilar. Bu ko‘l kechasi olov komiga aylanib, undan taralgan
yog‘du yuksak tog‘larning qorli cho‘qqilariga urilib, ularni nimqizil
rangga bo‘yaldi. Bu qal’adan yiroq-yiroqlardagi qishloqlar olislardan
kelayotgan er zirillashiga vahima bilan quloq solar, allaqanday
noma’lum, shu sababdan qo‘rqinchli halokatlardan darak beruvchi



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin