Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat. t.me/e_kutubxona Panjshir daryosi yoqalab Qobulga qarab yo‘naldi. SHu erda unga
bo‘lajak yurishda omad tilagan Oltin O‘rda elchilarini qabul qildi.
Elchilar bir necha muddat o‘tib qaytishga ruxsat so‘ragandan keyin,
ularning karvonini qo‘riqlash uchun bir guruh askar ajratdi. U bu ishni
elchilarni o‘ylab emas, shu karvon bilan dorilmulkka qaytish lozim
topilgan Saroymulkxonim bilan SHohruh mirzoning o‘g‘li, to‘rt yashar
nabirasi Muhammad Tarag‘ay xavfsizligini ta’minlash uchun qilgan
edi.
Bundan o‘n etti yil avval qo‘lga kiritilgan Xuroson mulkining bu qismi
hamisha notinch bo‘lib kelgan. Hindiston yurishini maqsad qilgan
Sohibqiron shu sababdan ham qo‘shin ortini mustahkamlash niyatida
Kobulni tark etib, Sulaymon tog‘lari yaqinida yashagan afg‘on
qabilalari va isyonkor qora kiyimlilar – siyohpo‘shlar nomi bilan
mashhur isyonchilarni tavbasiga tayantirish, o‘zining ko‘nglini
tinchlantirish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Qolaversa, bu tadbir Hind
sultonini chalg‘itishning yo‘li ham edi. Go‘yo o‘zini Hindistonni zabt
etish uchun emas, mana shu bebosh qabilalarni itoatga keltirish
uchun kelgan qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ldi.
U vaqt etishi bilan o‘ttiz ming askarga rahbar bo‘lmish amirzoda
Pirmuhammad Jahongirga Sulaymon tog‘ini oshib, Sind daryosini
to‘xtamay kechib o‘tib Mo‘lton viloyatiga, amirzoda Muhammad
Sulton bilan amirzoda Rustam boshchiligidagi o‘ttiz minglik qo‘shinga
esa Sind daryosi yoqalab Kashmir tog‘i etagidagi yo‘ldan yurib Lohur
viloyatiga yurish qilishga farmon berdi. O‘zi bo‘lsa qo‘shinning asosiy
qismi – g‘ul bilan Badaxshon tomonga yo‘naldi va tog‘ oshib
Hindiston sarhadlariga bostirib kirdi. Hindiston yurishi haqida boshqa
bir hikoyamizda batafsil to‘xtalish niyatimiz borligi sabab, biz asosiy
maqsadimiz – sizga so‘zlab bermoqchi afsonani keltirib chiqargan
voqealarga o‘tishni ma’qul ko‘rdik.
Amir Temur, yuqorida aytganimizdek, qo‘shin ortini mustahkamlash
maqsadida afg‘on qabilalari tomonidan vayron etilgan bir qator
qal’alarni qayta tiklatgan va ularda o‘z odamlarini qoldirgan edi.
Mana shu qal’alarning biri Irob qal’asi edi. Pirmuhammad Jahongir