Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
Amir Temur kenja o‘g‘lining so‘zlarini tinglar ekan, bir zum so‘nggi
paytlarda yuragini tunu kun bezovta qilgan valiahd tashvishiga
berildi. To‘rt o‘g‘lidan ikkisi bevaqt ko‘z yumdi. SHohruh bunaqa,
Mironshoh bo‘lsa, o‘ylamay ish qiladiganlar toifasidan. Mast bo‘lib,
otdan yiqilib kallasi lat egandan buyon uning betayin qilmishlari yana
oshdi. Suyukli kelini Xonzodabegim yaqinda erining zulmidan dod
urib, unga bosh urib keldi. Mironshohning valiahd bo‘lishi mamlakatni
vayron bo‘lishi demakdir. Bunga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Nobakor o‘g‘ilni jazolashni ko‘ngliga tuggan sohibqiron bu tadbirni
Hindiston yurishidan keyinga qoldirishga majbur edi.
Amir Temur sekin Pirmuhammad Jahongirga ko‘z qirini tashladi. Ha,
bu nabirasi havas qilgulik bahodir bo‘ldi. O‘ziyam quyib qo‘ygandek
bobosining o‘zi: qaddi qomati barvasta, elkador, boshiyam
bobosinikidek, humdek keladi. Qoshi-chi, qoshi? Ariq chetidagi
ajriqdek qalin, ko‘zlari qilich damidek tovlanadi. Fe’l-atvoriyam,
bobosiniki, na yog‘iydan, na o‘limdan qo‘rqadi. “YOpiray, — derdi
ba’zan kamdan-kam hayratlanadigan sohibqiron. – Meni tirikligimda
Alloh taolo yana qaytadan yaratdimi?! Nabirasining yolg‘iz bir xislati
unga ma’qul kelmasdi. Ko‘pchilik boshini qovushtirishni bilmaydi.
Mardlik odamlar dilini maftun etsa, oqibatbardorlik, farosat yuraklarni
abadiy bandi etishini hali anglamaydi.
Amir Temur o‘g‘li SHohruh mirzodan keyin o‘z mulohazasini aytishga
biron bir amir shoshilmayotganini ko‘rib, hushyor tortdi. Sukut
cho‘zilganidan toqatsizlanib:
— Xo‘sh, — dedi u baland ovoz bilan. Ammo amirlar jim o‘tiraverdilar.
Sohibqiron jahli chiqsayam, ichidagini yuziga chiqarmadi. Indamay
kutishni ma’qul ko‘rdi. Bu baxti chopgurlar uning necha yildan buyon
Hind mulkini zabt etish haqida orzu qilishidan yaxshi xabardor.
Nahotki, bilib ham bilmaslikka olsalar, jim o‘tirishni ma’qul ko‘rsalar?
U o‘zining deyarli barcha yurishlarida qatnashgan, sadoqatlarini
necha marta jangu jadalda namoyish etgan amirlarga bir-bir tikilar,
amirlar esa unga bosh ko‘tarib qarashga majol topolmasdilar. Oxiri u
amir SHohmalikka qattiq tikilib turaverdi. Uning bu boqishini tuygan
amir sekin boshini ko‘tarishga majbur bo‘ldi.



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin