Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
Xiyonat qal’a jiybaxonasi boshlig‘i tomonidan bo‘ldi. U dastlab
maktub qatib bog‘langan yoy o‘qini Sohibqiron askarlari tomon
uchirib, tun yarimdan og‘ganda mag‘rib tomondagi darvozani
ochajagini xabar qildi. Munshiy xatni unga o‘qib berar ekan,
Sohibqiron hali aftini ko‘rmagan jiybaxonachidan qattiq nafratlandi.
”Ko‘rnamak”, — deb o‘yladi u munshiy xirgohdan chiqib ketgach. U
uzoq o‘yladi. Hukmdorlari bergan tuz haqini unutib, vafodorlik va
sadoqatni bir chekkaga yig‘ishtirib, uning oldiga ne-ne odamlar bosh
urib kelmagan. Lekin u har safar bu xoinlarni la’natlagan. Tuz haqi va
vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o‘z sohibidan yuz o‘girib uning
qoshiga kelgan har bir yuzsizni o‘ziga va saltanatiga eng yomon
dushman deb bilgan. Ular o‘z sohibiga vafodorlik qilmagach, unga
qilarmidi?
Ammo Sohibqiron xiyonatdan foydalanishdan yuz o‘girmas, undan
ustalik bilan foydalanardi. Axir, qay bir sarkarda o‘z jangchilarining
bekordan-bekor qurbon bo‘lishidan saqlaydigan yo‘ldan foydalanishni
istamaydi. Xiyonat inson yuragini qurt kabi kemirgan fasoddan,
mamlakatda loqaydlik tufayli yuzaga chiqqan parokandaligu
tanazzuldan tug‘ilishini u yaxshi bilardi. SHu sababdan ham muttasil
har bir sipohiy, har bir qo‘shin boshlig‘i, har bir amir boshi ustida
uning qahri aylanib turishi zarurligini unutmas, ularni umid va
qo‘rquv o‘rtasida tutishni lozim ko‘rardi.
Agar jiybaxonachi xiyonatga yuz tutgan ekan, undan foydalanmog‘i
savobdir, inchunin uni bu harom yo‘ldan qaytarishning iloji yo‘q. Iloji
– o‘lim.
Qal’a tongga yaqin g‘arbiy darvozaning kutilmaganda ochilishi tufayli
uning qo‘liga o‘tgach, qarorini farmonga aylantirib, qal’a qutvoli bilan
jiybaxona boshlig‘ini o‘limga buyurdi.
Bir-ikki kun lashkarga dam berib bo‘lgach, sohibqiron qal’ada o‘g‘li
boshliq qo‘shinni qoldirib, boshqa shahru qal’alarni zabt etish
qasdida shitob bilan otlanib, yo‘lga tushdi.



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin