Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
987
w
www.oriens.uz
April
2022
INTELLEKTUAL MULK SIYOSATIDA BLOKCHEYN
TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLASH ISTIQBOLLARI
To‘raqulova Nazira
Toshkent davlat yuridik universiteti
Intellektual mulk va axborot texnologiyalar huquqi yo‘nalishi
magistratura talabasi
lepetitmasterpiece@gmail.com
+998971752775
ANNOTATSIYA
Muallif tomonidan maqolada intellektual mulk huquqi obyektlarining
muhofazasini samarali ta’minlashda blokcheyn texnologiyalarining ahamiyati tahlil
etilgan. Xususan, intellektual mulk obyekti hisoblanmish, mualliflik huquqi va
turdosh huquqlarning himoyasini ta’minlashda mazkur texnologiyaning tutgan o‘rni
haqida so‘z yuritilgan. Texnologiyaning ishlash tartibi, huquq egasining mulkiy
huquqlarining kafolati sifatida blokcheynning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan.
Milliy qonunchiligimizni takomillashtirish borasida takliflar keltirilgan. Qolaversa,
blokcheyn texnologiyasining asosiy jihatlari, ya’ni markazlashtirilmaganligi, raqamli
ma’lumotlarning shaffof, maxfiy va ishonchli tarzda foydalanuvchilar o‘rtasida tez va
qulay ma’lumotlar almashinuvi imkoni borasida muallifning fikrlari keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
intellektual faoliyat natijasi, mualliflik huquqi, kriptohimoya,
blokcheyn, anonimlik, markazlashtirilmagan reyestr, virtual elektron hisoblash
mashinalari, huquq egasi.