Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 992
w www.oriens.uz April 2022 bir qatorda, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish karantin sharoitlari bilan bog‘liq
vaziyatda juda ommalashib, ularga bo‘lgan talab keskin oshib ketdi [11]. Bu
yo‘nalishda albatta xavfsizlik va himoya nuqtai nazaridan tegishli chora-tadbirlarni
ko‘rish talab etiladi [12]. Huquqni himoya qilish uning muhofaza qilinishi va
ta’minlanishining eng muhim omillaridan biridir. Amaliyotga ko‘ra, har qanday
huquq himoya qilish mexanizmi bilan mustahkamlangan bo‘lsagina, uni amalga
oshirish mumkin [13].
Bevosita, blokcheyn texnolgiyalarining, markazlashtirilgan saqlash tizimi
mavjud bo‘lmasligiga qaramasdan, mazkur markazlashtirilmagan bazada doimiy
ravishda o‘sib boruvchi bloklarning, ya’ni tizimlashtirilgan ro‘yxat saqlanadi Ushbu
bloklari o‘z ichida oldingi blokning yartilganligi vaqtiga va mavjud blokka havolalari
mavjul bo‘ladi [14]. Yangi yozuvlar, tizim foydalanuvchilarining ko‘pchilik ovozi
bilan maqullangan holdagina kiritiladi hamda oldin muayyan vaqtda kiritilgan
axborot o‘zgartirilishinig hamda tizimdan o‘chirilishining imkoni mavjud emas.
Blokcheyn tizimida axborot almashinuvi reyestr foydalanuvchilari tomonidan ishlab
chiqilib tasdiqlanadi. Shu sababli, tizimda blok zanjirlarining nusxalari saqlanadi [15].
Ushbu texnologiyaning asosiy vazifasi axborotni saqlash uslubi bo‘lganligi
sababli, blokcheynda har qandan turdagi axborotlar, shu o‘rinda, raqamli va
raqamlashtirilayotgan ma’lumotlar zanjir ko‘rinishida saqlanishi mumkin. Bir so‘z
bilan
blokcheyn
texnologiyalari
axborot
texnologiyalarini
saqlashning
revolyutsiyasining boshlanishi deb baholanishi mumkin [16]. Blokcheyn
texnologilari o‘z o‘rnida ma’lumotlarning saqlanishining samaraliligi va xavfsizliligi
nuqtai nazaridan jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydi [17]. Ushbu texnologiyaning
axborotlarning saqlanishini ta’minlanishiga nisbatan tatbiq etilishi bir qator
afzalliklarga sababchi bo‘ladi, xususan:
1. Markazlashtirilmaganligi. Ma’lumotlarning
yagona
markazga
birikmaganligi, foydalanuvchilar o‘rtasida, ularning joylashuvidan qat’i nazar
zanjirdagi bloklarni qo‘chirish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida, vositachilardan
foydalanish zaruriyatini yo‘qotishi, ma’lumotlarning bir joydan ikkinchisiga
ko‘chirilishida vujudga keladigan harajatlarning keskin kamayishiga, axborotlarning
ishlab chiqilish jarayonini osonlashtirib, tezlashtirilishiga sababchi bo‘ladi.
2. Taqsimlanganligi. Barcha o‘tkazmalar haqidagi ma’lumotlar tizimga
ulangan jamiiki kompyuterlarda saqlanib qoladi. O‘z o‘rnida, ushbu afzallik, axborot
tizimiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hujumlarni hamda qo‘rilmaning
ishdan chiqib qolishini oldini oladi. Qolaversa, ma’lumotlarnining o‘g‘irlanishini,