jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi
səhifə 4/27 tarix 26.10.2022 ölçüsü 1,83 Mb. #66370
ilk qadam
jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi
ijtimoiy-hissiy rivojlanish
nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari
bilish jarayonining rivojlanishi
ijodiy rivojlanish.
/////
"Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi" sohasi kompetensiyalari
"Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi" sohasidagi ta'lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola:
o'z imkoniyatlari va yoshi bilan bog'liq jismoniy rivojlanish me'yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko'rsatadi;
turli xil faol harakat turlarini uyg'un holda va maqsadli bajarishni biladi;
turli hayotiy va o'quv vaziyatlarida mayda motorika ko'nikmalaridan foydalanadi;
o'z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
shaxsiy gigiena malakalarini namoyon etadi ;
sog'lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
xavfsiz hayot faoliyati asoslari qoidalariga rioya qiladi.
"Ijtimoiy-hissiy rivojlanish" sohasi kompetensiyalari
"Ijtimoiy-hissiy rivojlanish" sohasidagi ta'lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola:
o'z 'Men"i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to'g'risida tasavvurga ega bo'ladi;
o'z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;
o'zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi ;
kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;
murakkab vaziyatlardan chiqishning amaliy yo'llarini topadi.
"Nutq, muloqot, o'qish vayozish malakalari" sohasi kompetensiyalari
"Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari" sohasidagi ta'lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola:
ona tilini eshitadi va tushunadi;
ona tilida to'g'ri talaffuz , mos grammatik shakllar va turli gap tuzilmalaridan foydalanadi;
chet tilini o'rganishga qiziqish bildiradi;
chet tili bo'yicha dastlabki bilimlarini namoyish etadi;
badiiy adabiyotga qiziqish bildiradi ;
so'zning lug'aviy ma'nosi, bo'g'inli va fonetik tuzilishi to'g'risida tasavvurga tushunchaga ega bo'ladi;
gapning turli ma'no shakllarini mustaqil ravishda tuzadi va so'zlab bera oladi;
ona tilida yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
\\\\\
"Bilish jarayonining rivojlanishi" sohasi kompetensiyalari
"Bilish jarayonining rivojlanishi" sohasidagi ta'lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola:
bilim olishga katta qiziqish bildiradi;
o'quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil topadi va qo'llaydi;
predmetlar, voqea-hodisalar va holatlar o'rtasidagi bog'liqlikni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi ;
raqamlar, sanashni biladi va ularni hayotda qo'llaydi;
makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
elementar matematika hisoblarini amalga oshiradi;
atrof-muhitni asrab-avaylash munosabatini namoyon etadi.
"Ijodiyrivojlanish "sohasi kompetensiyalari
"Ijodiy rivojlanish" sohasidagi 'ta'lim va tarbiya jarayoni yakuniga 6-7 yoshli bola:
san'at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi ;
milliy an'analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi;
san'atning muayyan turini afzal ko'rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;
olingan bilim va ko'nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o'z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;
insonning dunyoni o'zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.
BOB
TA'LIM VA TARBIYA JARAYONI
\\\\\
Ta'lim va tarbiya jarayoni davlat talablari va davlat o'quv dasturi asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim tili va chet tillaridan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili to'g'risida"
6 gi qonuni bilan tartibga solinadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim va tarbiya jarayonini o'quv yili bo'yicha tashkil qiladi. O'quv yili 2-sentabrda boshlanadi va 31-maygacha davom etadi.
1-iyundan 31-avgustgacha MTTda yozgi sog'lomlashtirish davri tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: