Har bir bola uchun O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə3/27
tarix26.10.2022
ölçüsü1,83 Mb.
#66370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
ilk qadam

MTT ta'limva tarbiya jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • Bolalikni o'ziga xos qadriyat ekanligini tan olish. Bolalik - bu muhim ahamiyatga molik yosh va hayotiy davr. Bolalikning o'ziga xos xususiyati - bu bolalarning ta'lim olish tajribasi natijasida kattalardan ko'ra ko'proq o'rganish va o'zgarish qobiliyatiga ega ekanligidir. Bolalik

  • bu baxtli bolalik huquqi tan olinadigan, bola rivojlanishining muhim bosqichi.

  • Bolaning huquqi, individualligi va rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olish. Barcha bolalar katta imkoniyat egasi bo'lib dunyoga keladi va har biri tug'ma iste'dodga ega. Har bir bola o'ziga xos individualdir. Barcha bolalar o'z salomatligi va farovonligini himoya qilish, mustahkamlash, shuningdek, sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanish huquqiga ega.

  • Bolalar, shu jumladan, alohida ehtiyojli bolalar ta'lim jarayonining faol ishtirokchisi sifatida tan olinadi va faoliyat turini tanlash, rejalashtirishda ishtirok etish, bilimga bo'lgan tabiiy qiziqishlarini qondirish orqali ularning ta'lim olishi va rivojlanishiga hissa qo'shadi.

  • Har bir bolaning har tomonlama rivojlanishi va farovonligini ta'minlash. MT - parvarish, ta'lim va tarbiyadagi uyg'un jarayondir; u bolaning barcha rivojlanish sohalarida rivojlanishini ta'minlaydi; bu ta'lim va tarbiya jarayonida barcha rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligini, shuningdek, ta'lim olishning turli xil va har tomonlama imkoniyatlari va har bir rivojlanish sohasi bo'yicha integratsiyani ta'minlash zarurligini belgillaydi.

  • Bolaning sog'lig'ini saqlash, mustahkamlash va xavfsiz muhitni ta'minlash. Bolaning turli ehtiyojlarini, shu jumladan, harakatga bo'lgan ehtiyojini qondirish; faol o'yinlar va kundalik jismoniy mashqlar orqali bolalar o'zlarining his-tuyg'ularini, yirik va mayda motorika ko'nikmalarini rivojlantiradilar; harakatda atrof-olamni o'rganadilar va turli predmetlarni boshqaradilar; o'z tanasining ta'sir va imkoniyatlarini farqlay oladilar, unga g'amxo'rlik qilishni va sog'lom turmush tarzini qabul qilishni boshlaydilar.

  • O'yin orqali ta'lim olish va rivojlantirish. O'yin maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda muhim yondashuvdir. O'yin quvonch keltiradi va bolalarni rag'batlantiradi, ularga yangi ko'nikma va bilimlarni o'rganishga, o'zini va atrofidagi dunyoni bilishga imkon beradi. MT bolaning o'yin huquqini tan oladi, o'yinning bola uchun muhimligini va uning individual rivojlanishi, ta'lim olishi va farovonligiga ko'maklashishdagi pedagogik imkoniyatlari tan oladi.

  • MTTning oila, mahalla, maktab bilan hamkorligi. Bolaning farovonligi uning oila a'zolari va yaqinlaring MTT ahamiyatini tushunishiga bog'liq. Ota-onalar va mahalliy hamjamiyat o'quv dasturida ta'lim va tarbiya jarayoniga qatnashishga jalb qilinganda va o'z hissasini qo'shganda bolalar yaxshiroq ta'lim oladilar va rivojlanadilar.

\\\\\

  • Milliy, tarixiy va madaniy an'analar, ma'naviy boyliklarni tan olish va boshqa xalqlar madaniyatiga hurmatda bo'lish. Bolalarning o'z milliy madaniyati, tili, an'analarini hurmat bilan e'tirof etilganda ular yaxshiroq ta'lim oladilar va rivojlanadilar. Davlat o'quv dasturi milliy va mintaqaviy madaniy xususiyatlarni hisobga olgan holda tuziladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolaning rivojlanishini qo'llab-quvvatlash - bu jamoaviy ish bo'lib, uni amalga oshirishga maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori mas'uldir.

Ushbu tamoyillar maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim va tarbiya jarayonining asosini tashkil etadi, pedagoglarga davlat o'quv dasturini rejalashtirish va amalga oshirishda, har bir bolaga ta'lim berish va rivojlantirish bo'yicha pedagogik va amaliy qarorlar qabul qilishda qo'llanma bo'lib hisoblanadi.

  1. QO'SHIMCHA TA'LIM XIZMATLARINI TASHKIL ETISH

Qo'shimcha ta'lim xizmatlari MTT tomonidan tashkilot imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, bolalar, oilalar va mahalliy hamjamiyat manfaatlarini inobatga olgan holda tashkil etiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo'shimcha ta'lim xizmatlarini ko'rsatish O'zbekiston Respublikasining amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qo'shimcha ta'lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko'ngillilar (volontyorlar), ota-onalar, mutaxassislar va homiylar ishtirok etishi mumkin.
Qo'shimcha ta'lim xizmatlari asosiy ta'lim faoliyatidan tashqari amalga oshiriladi va MTT o'quv rejasiga kiritilmaydi. Qo'shimcha ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi pedagoglar, ko'ngillilar, homiylar, mutaxassislar, ota-onalar mavzuli rejani ishlab chiqadilar, bu xizmat ko'rsatishga qarab, davlat o'quv dasturining yillik mavzuli rejasi asosida tuzilishi mumkin.

  1. TA'LIM OLISHDA ALOHIDA EHTIYOJLARI BO'LGAN BOLALAR UCHUN TA'LIM VA TARBIYA JARAYONI (INKLYUZIV TA'LIM)

Davlat o'quv dasturi har bir bolaning ta'lim, tarbiya, rivojlanish, himoya va faol ishtirok etishdan teng foydalanish huquqlarini tan oladigan inklyuziv o'quv dasturi hisoblanadi.
Davlat o'quv dasturi barcha bolalar, shu jumladan, alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo'lgan bolalarning individual xususiyatlari, kuchli tomonlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta'lim olish, rivojlanish va muloqotda qo'shimcha yordam ko'rsatishga mo'ljallangan.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo'lgan bolani ta'lim olishi va rivoj- lantirishni qo'llab-quvvatlash - bu MTTning direktori, pedagog va mutaxassislari tomonidan tashkil etiladigan jamoaviy ish.
Zarur bo'lganda, maktabgacha ta'lim tashkilotining pedagogik jamoasi va rahbariyati tor mutaxassislarni jalb qilgan holda, bola rivojlanishining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, bolaning yakka tartibdagi rejasini 2 yaratadi.
Inklyuziv yo'nalishdagi ta'lim va tarbiya jarayoni davlat o'quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi, uning asosida individual-moslashtirilgan dasturlar ishlab chiqilishi mumkin. Bunday individual inklyuziv dasturda alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo'lgan har bir bolaning ta'lim olishi, rivojlanishi, ishtiroki va

/////
farovonligi uchun barcha mumkin bo'lgan to'siqlarni bartaraf etadigan o'quv muhiti va o'qitish usullarini moslashtirish zarur 3.

  1. OTA-ONALAR VA MAHALLIY HAMJAMIYAT BILAN HAMKORLIK

Maktabgacha ta'lim tashkilotining ota-onalar bilan hamkorligi maktabgacha ta'lim sifatining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik bolalarning ta'lim olishi, farovonligi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. MTT ota-onalar 4 va mahalliy hamjamiyat 5 bilan o'zaro munosabatlarning turli shakllarini amalga oshirishi mumkin:

  • bolalar rivojlanishining dolzarb masalalari bo'yicha ota-onalarning malakalarini rivojlantirish va takomillashtirish (seminar, ota-onalar klubi, trening, maslahat, konferentsiya, davra suhbati, pedagogik mehmonxonalar va boshqalar);

  • muntazam ravishda muloqot (kommunikatsiya)ni ta'minlash (ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlagan holda pedagoglarning ota-onalar bilan online va offline uchrashuv va yig'ilishlarni o'tkazishi, elektron xabarlar almashishi, bolaning rivojlanishi haqida ma'lumot berishi va boshqalar);

  • ota-onalarni guruh va/yoki maktabgacha ta'lim tashkilotiga ko'ngillilik faoliyatiga jalb etish (rivojlantiruvchi muhitni yaratishda ishtirok etish; xavfsiz muhitni ta'minlash; o'yinlar tashkil etish; qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatish; ko'rgazmalarni bezash, mashg'ulot, bayram va tadbirlarni tashkil etish va ularda birgalikda qatnashish);

  • ota-onalarga uyda bolaning o'qishni davom ettirishida (tashkil etishda) ko'maklashish (topshiriqlar haqida ma'lumot berish, resurslar bilan ta'minlash, bolaning rivojlanishi va ta'lim olishini kuzatish, o'quv dasturi doirasida bolalar loyihalarida ishtirok etish va boshqalar);

  • maktabgacha ta'lim tashkilotiga oid qarorlar qabul qilishda ishtirok etish (kuzatuv kengashi va ota-onalar qo'mitasi bilan ishlash, ularning faoliyati to'g'risida ota-onalarni xabardor qilish, umumiy va guruhlarning ota-onalar yig'ilishlarida qatnashish, maktabgacha ta'lim tashkilotining yangi dasturlarini yaratish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, bolaning qiziqishlariga qarab maktabgacha ta'lim tashkilotida qo'shimcha xizmatlarni tanlash);

  • bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlikni kuchay- tirish (maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishda mahalliy hamjamiyat resurslaridan foydalanish, hududdagi muzeylar, istirohat bog'lari, hunarmandlar ustaxonalari va boshqa diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish, mahalliy hokimlik yetakchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish, ularni guruhlarga va ota-onalar ishtirokidagi tadbirlarga taklif qilish, ochiq eshiklar kuni va bayramlar tashkil etish).

  1. BOB

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA'LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV






/////
Maktabgacha ta'lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. U ta'limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi.
Davlat o'quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan. Bu maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Kompetensiya - bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
Kompetentli bola o'z bilim, ko'nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo'llashi, o'z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv bolalarning bilish bilan bog'liq bo'lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, shaxsiy ("Men" konsepsiyasi) ni shakllantirishni o'z ichiga oladi.

  1. MAKTABGACHA YOSHDAGI (6-7 YOSH) BOLANING TAYANCH KOMPETENSIYALARI

  • Kommunikativ

  • Ijtimoiy

  • Shaxsiy ("Men" konsepsiyasini qurish)

  • Bilish

Kommunikativ kompetensiya - atrofdagi odamlar bilan o'zaro munosabatlarning konstruktiv usullari va vositalariga ega bo'lishni taqozo qiladi; muloqot qilish va yuzaga kelgan o'yin, bilish, maishiy va ijodiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish qobiliyati.
Bu kompetensiyaga nutqni rivojlanish ham kiradi. Nutq bolaning kognitiv va ijtimoiy rivojlanishi hamda dunyoni bilishi uchun zarur vositadir. Mazmunga boy va rag'batlantiruvchi ta'lim muhitida bolalar og'zaki va yozma muloqot ko'nikmalarini rivojlantiradilar, bu ularga o'zlariga ishonishga, boshqalar bilan munosabatlarni o'rnatishga, dunyo haqidagi tushunchalarini shakllantirishga, mashg'ulotlarda ishtirok etishga va loyiha ishlarini jamoa bo'lib bajarishga yordam beradi. Bolalar kattalar va boshqa bolalar tomonidan tushunilishlari uchun o'zlarini namoyon etishlari mumkin. Ular aytilganlarni tu- shunish uchun tinglaydilar va kuzatadilar; savol va topshiriqlarni eshitadilar va shunga mos javob berishadi. Ular nutqni, ayniqsa o'qish va yozishni o'z ichiga olgan mashg'ulotlarga ijobiy qarashadi. Ular nutqning turli shakl va funktsiyalarini biladilar, ulardan foydalanadilar va kerak bo'lganda ularni turli xil muloqot holatlarida moslashtiradilar.
Bu kompetensiya, shuningdek, axborot olish uchun turli xil aloqa vositalari va kanallardan mustaqil foydalanish qobiliyatini o'z ichiga oladi; ta'lim olishi va rivojlanishida foydalanish uchun kerakli ma'lumotlarni qidirish, tahlil qilish va tanlash, ularni tartibga solish, o'zgartirish, saqlash qobiliyatini mustahkamlaydi.
Ijtimoiy kompetensiya - bu bolaning belgilangan tartib va odob-ahloq qoidalariga rioya qilgan holda tengdoshlari va kattalar bilan birgalikda ishlash qobiliyati. Bolalar boshqalarni hurmat qilishni va ularning aytganlarini hisobga olishni o'rganadilar. Guruhlarda samarali ishlash uchun zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalariga amal qiladilar. Muammoli vaziyatlarda ular yoshi va individual rivojlanish xususiyatlariga mos ravishda ularni hal qilish harakatlarini amalga oshiradilar. Ular tobora ko'proq o'zlarini guruhning

\\\\\
bir qismi sifatida ko'radilar va o'z huquq hamda majburiyatlari borligini tushunadilar. Ular individual farqlarga ochiq. Bolalar boshqalar bilan uyg'unlikda yashashlari mumkin. Ular turli insonlar bilan muloqot qilishadi va atrofdagilarning madaniy jihatdan xilma-xilligini tan oladilar, ularga yordam beradilar va qo'llab-quvvatlay oladilar.
Shaxsiy kompetensiya ("Men" konsepsiyasini yaratish). Shaxsiy kompetensiyani rivojlantirish orqali bola maktabgacha yoshda shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan bir qator xususiyatlarni namoyish etadi. Bu kompetensiya bolaning o'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olish qobiliyatini hamda kundalik hayotini boshqarish va barqaror sog'lom turmush tarzini amalda qo'llash mahoratini o'z ichiga oladi.
Bolalar hayotdagi o'z o'rnini biladilar, o'zlarining, shuningdek, boshqalarning farovonligi haqida g'amxo'rlik qilishga o'rganadilar. Bola mustaqil va u o'ziga ishonadi. O'zining kuchli va zaif tomonlarini biladi, ularni bartaraf etish ustida ishlay boshlaydi. U o'zining boshqalardan farqli tomonlarini tushunadi. O'z g'oyalarini ilgari suradi va targ'ib qila oladi; o'zi uchun qaror qabul qilishni o'rganadi. U qanday tanlashni biladi, o'z oldiga maqsadlar qo'yadi. O'z harakatlari uchun tashabbus va mas'uliyatni namoyon qiladi. O'zining yaxshi ko'rgan narsasi, qiziqishlari, his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashadi. O'sib borayotgan jismoniy, kognitiv, hissiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi. O'z ehtiyojlarini bildiradi va ularni qondirishni biladi, o'zini boshqara oladi; sog'lom turmush tarzi qoidalariga, madaniy-gigiyenik tartib qoidalarga rioya qiladi, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadi, o'z salomatligi uchun mas'uliyatni namoyon qiladi.
Bilish kompetensiyasi bilim olish, o'qish va o'rganish; mustaqil ravishda izlanish, tahlil qilish va atrof- olamni tushunish uchun kerakli ma'lumotlarni tanlash qobiliyatini o'z ichiga oladi. Harakat va o'zaro munosabatlar orqali bolalar bilim olish va o'rganish strategiyalarini ishlab chiqadilar. Ular atrof- olamdagi yangi ob'yektlarni o'rganadilar va kashf etadilar. Boshqalar bilan o'yin va o'zaro muloqot jarayonida ular kuzatadilar va tajriba o'tkazadilar. Ular muammolarni tushunish va hal qilish uchun yangi imkoniyatlar topadilar. Ular o'zlarining kashfiyotlari bilan o'rtoqlashadilar va asta-sekin mustaqil, o'z-o'zini boshqaradigan, tahlil qila oladigan va ijodkor shaxsga aylanadilar.
Bolalar muammoni hal qilishga e'tibor qaratishlari, muammolarni hal qilish strategiyalarini ishlab chiqishlari va atrofdagi dunyoni tushunish va tushuntirish uchun maqsadlar qo'yishda kognitiv qobiliyatlarini ishga solishlari mumkin. Bolalar o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini davom ettirishlari, o'rganishdan zavqlanishlari va o'rganganlarini baham ko'rishlari, kashfiyotlarini boshqalar bilan bo'lishishlari mumkin.

  1. BOLANING RIVOJLANISH SOHALARI KOMPETENSIYALARI

Rivojlanish sohalari bo'yicha kompetensiyalarni o'zaro bog'liq holda takomillashtirish bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, uning maktab ta'limi bo'lgan keyingi bosqichiga muammosiz o'tishi va unga tayyor bo'lishi, boshlang'ich ta'limda kompetensiyalarni shakllantirishi uchun zarurdir.
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin