Har bir mamlakat o‘z mezonlari asosida ta'lim tizimi tamoyillarini belgilaydi



Yüklə 68,5 Kb.
səhifə5/5
tarix17.05.2022
ölçüsü68,5 Kb.
#58302
1   2   3   4   5
«Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» ning maqsad va vazifalari.

Qaerda mutaxassis bo‘lishadi?

Lyuksemburgda mavjud muhandis-texniklar yoki boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari kurslari yoki 2 yillik amaliy kurslar bitiruvchilarining nufuzi nihoyatda baland. Ular uchun ishga joylashish yoki dunyoning biror boshqa mamlakatida o‘qishni 
davom ettirish uchun hech qanday qiyinchiliklar bo‘lmaydi. Ammo ular oliy ma'lumotli mutaxassislar hisoblanmaydi.

Agar to‘liq oliy ta'lim olish xohishi bo‘lsa, u holda fuqarolar universitet ta'limining 1-kursini Lyuksemburgda o‘qiydilar, keyin esa Frantsiya yoki Belgiyaning biror universitetiga o‘tishlari mumkin. Ana shu tarzda Lyuksemburg fuqarolari akademik ta'limni xorijda oladilar. O‘rta hisobda chegara ortida ta'lim oluvchilar soni 3,2 ming nafardan (2002) ortadi. Lyuksemburgliklar uchun oliy ta'lim olishda eng ma'qul ko‘rilgan mamlakatlar - Belgiya, Frantsiya, Germaniya, Avstriya va Buyuk Britaniya.

Xo‘sh, mamlakat fuqarolari nima asosda oliy ta'limni xorijda olish yoki u yerdagi o‘qishni bir yo‘la ikkinchi kursdan boshlash huquqiga ega bo‘ladi?

O‘z rivojining asosiy kaliti va tayanch nuqtasi sifatida ta'lim sohasini ko‘rgan Yevropa mamlakatlari Yevropa oliy ta'lim hududini yaratish uchun salmoqli ishlarni amalga oshirgan. 1998 yil 25 mayda qabul qilingan Sorbon deklaratsiyasi universitetlarning Yevropa madaniy qadriyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta'kidlab ko‘rsatdi.  Bu hujjat Yevropa oliy ta'lim Hududini yaratish imkonini berdi. Undan ko‘zlangan maqsad qit'aning umumiy rivoji uchun malakali mutaxassislarni yetkazib berish bo‘ldi.

Shuningdek, yagona ta'lim kengligini yaratish va oliy ta'lim tizimini uyg‘unlashtirish yo‘lida 1999 yil qabul qilingan Bolone deklaratsiyasi ham katta ahamiyat kasb etdi. Rasman Bolone jarayonida 35 ta a'zo mamlakatlar ishtirok etadi. Oliy ta'limning ikki bosqichli modelida akademik darajalarni qiyoslash, akkumulyatsiya (jamlash) va kreditlar transferti (ESTC - Kreditlar trancferti bo‘yicha Yevropa tizimi), ta'lim sifati kafolatlari sohasida hamkorlikni rivojlantirish, jumladan,   akkreditatsiya va  sertifikatlashtirish mexanizmlarining o‘zaro tan olinishi deklaratsiyada nazarda tutilgan jarayonlar turkumidandir.

ESTC - aynan mana shu Yevropa o‘tkazish tizimi lyuksemburgliklarga yuqorida sanalgan imkoniyatlarni taqdim etadi. Buning uchun talabalar tizim mezonlari bo‘yicha o‘zlari ko‘chirilayotgan oliy o‘quv yurti talablariga javob berishi kerak.

Yevropa miqyosida qo‘llab-quvvatlanayotgan xorijda oliy ta'lim bosqichida tahsil olish Lyuksemburg hukumati tomonidan ham maxsus moliyalashtirish dasturlari bilan qo‘llab-quvvatlanadi va kafolatlanadi. Davlat tomonidan ta'limga ajratiladigan xarajatlar byudjetning 11,3 foizini tashkil etadi. Bu borada ta'lim xarajatlari  faqat ijtimoiy xarajatlardan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.   

Lyuksemburg G‘arbiy Yevropadagi maydoni bor-yo‘g‘i 2586 km. kv. bo‘lgan kichik bir davlat. Uning aholisi ham o‘ziga yarasha - 443 ming (2001) kishidan iborat. Ammo mamlakat fuqarolari shu darajada ilmga chanqoqki, hatto yetuk mutaxassis bo‘lish uchun o‘zga davlat universitetlari eshigini taqillatishga va jahon xaritasida yuksak darajada rivojlangan industrial davlat sifatida qayd etilgan vatanlari rivojiga hissa qo‘shishga doimo tayyor.



oreyada Ta'lim Tizimi Koreyaning zamonaviy ta'lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan ozod bo'lgan 1945 yildan boshlangan. Ammo kengroq qaraydigan bo'lsak, koreyslarda ta'lim tizimi 1894 yilgi islootlardan keyin yuzaga kelgan, deyish mumkin.1881 yili Koreyadagi Choson xukumati mamlakat xavfsizligini kuchaytirish m**sadida maxsus armiya tuzadi va g'arbliklar harbiy san'atdan dars bera boshladilar. Bu o'z navbatida chet tili va boshqa fanlar ta'limini yuzaga kelishini ta'minladi. Garchi 1882 yili maxsus qo'shin uchun darslar to'xtab qolgan bo'lsa-da, bir qancha amaliy fanlar darsi davom etaverdi. Bu davrda asta-sekinlik bilan Gvangxevon, Bejexakdan, Ixvaxakdan kabi shaxsiy ta'lim muassasalari ham vujudga kela boshladi va keyinchalik universitetlar uchun asos bo'lib xizmat qildi. 1894 yili shaxsiy bilim maskanlari birlashtirilib, mamlakat ta'lim tizimini boshqaruvchi institut tashkil etildi. Shu bilan birga 1895 yildan boshlang'ich maktablar va maktab uchun kadrlar tayyprlaydigan pedagogika maktablari tuzildi. Bundan tashqari bir qancha xususiy maktablar ochilib, 1900 yilda ular faoliyatini tartibga solib turadigan "Xususiy maktablar to'g'risidagi qonun" qabul qilindi. 1910 yili Koreya va Yaponiya o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Koreya Yaponiyaning rasman mustamlakasiga aylantirildi. Natijada bu mamlakat ta'lim tizimiga ham katta ta'sir ko'rsatdi. Yapon mustamlakachilari Koreyaning ta'lim tizimini keskin o'gartirish yo'lidan bordi va xususiy maktablar faoliyati cheklab qo'yildi. Bu davrda 1911 yil 23 avgsutda qabul qilingan "1-Choson ta'lim buyrug'i" amal qildi. Unga ko'ra, koreys va yapon fuqarolarining farqli ta'lim siyosati olib borildi. Ya'ni, maxalliy xalq f**at 4 yil mobaynida boshlang'ich ta'lim olar, o'rta va oily ta'lim berilmas edi. Bu yapon mustamlakachiligining uzoq o'ylangan rejalari qatoriga kirardi. Ammo 1919 yili boshlangan norozilik harakatlari oqibatida Yaponiya xukumati biroz yon berishga majbur bo'ldi va buyruqqa o'zgartirish kiritib, boshlang'ich ta'lim 4 yildan 6 yilga uzaytirildi.1922 yil 4 fervralda "2-Choson ta'lim buyrug'i" qabul qilindi. Bu buyruqqa ko'ra, ta'lim muddatlari uzaytirildi. Ya'ni, oddiy maktablarda ta'lim 6 yil, ayollar maktablarida esa 5 yil etib belgilandi. Shuningdek, asta-sekinlik bilan universitetlar ham paydo bo'la boshladi. Jumladan, 1924 yili Kyongson Davlat Universiteti ochildi. yili Xitoy-Yaponiya urushi boshlanishi munosabati bilan mustamlka Koreyada nazorat yanada kuchaytirildi. Oddiy maktablar va boshlang'ich maktablar,yuqori va o'rta maktablar birlashtirildi. Koreys tili fanlari kamaytirilib, imperiya xalq demokratiyasi fani kiritildi. 1943 yil 3 avgustda "4-Choson ta'lim buyrug'I" imzolandi va yapon mustamlakachiligining ta'lim soxasidagi zo'ravonligi kuchadyi. Jumladan, o'rta va yuqori makatbalarda ta'lim 4 yilgacha kamaytirilib, koreys tili fani dasturdan olib tashlandi. Uning o'rniga yapon tili darslari kiritildi. Koreyani yoppasiga savodsizga aylantirish siyosati natijasi o'laroq, 1944 yilgi Koreya Umumiy Arxiv qo'mitasi ma'lumotlariga qaraganda o'sha paytda Koreyaning savodxonlik darajasi bor-yo'g'i 13,8%ni tashkil etgan. 1945 yili Ikkinchi Jahon urushi bilan birga Koreyadgi Yaponiya mustamlakachiligi ham tugadi. Endilikda Koreada tabiiyki boshqa soxalar qatori ta'lim tizimini o'zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo "Ta'limni rivojlantirish qo'mitasi" tashkil etildi va qo'mita oldiga darsliklar yaratish majburiyati qo'yildi. Ta'lim tizimi tadqiq etilishi davom ettirilib, axloq, etika, texnikaga oid fanlar kiritildi. 1963 yillardan boshlab esa ta'lim tizimida tabiiy va ijtimoiy fanlarga e'tibor kuchaydi. 1981 yili Prezident Chon Du Xvan mamlakatda shaxsiy ta'lim berish va xususiy ta'lim maskanlari faoliyatini qonunan ta'qiqlab qo'ydi. Lekin maktabda must**il shug'ullanish uchun imkoniyatlar yaratib berdi. 1992 yilga kelib esa boshlang'ich maktablar faoliyati yanada rivojlanishi uchun xukumat tomonidan bir qancha imtiyozlar yaratildi. Zamonaviy Koreya ta'lim tizimida boshlang'ich maktablarning roli muhim. Koreyada boshlang'ich ta'lim uchun o'quv yilida 1 martga qadar 6 yoshdan yuqori bo'lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o'qishga kirishga xuquqli bo'lib, buning uchun maktab mas'ul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo'ladi. O'quv yili esa 1 mart Koreya respublikasida davlat bayrami munosabati bilan 2 martdan boshlanadi. 6 yil davom etadigan boshlang'ich ta'lim majburiy etib belgilangan. Boshlang'ich ta'limda 1 yil ikki semestrga bo'lingan holda olib boriladi. Boshlang'ich ta'limdan keyingi "zinapoya" vazifasini o'rta ta'lim bajaradi. O'rta ta'lim Koreya respublikasida 3 yil davom etadi. O'rta ta'lim ham majburiy bo'lib, bir o'quv yili 1 martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 d**iqadan etib belgilangan bo'lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O'rta ta'lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san'at, chet tili kabi 10 ga y**in fanlar o'qitiladi. Shuningdek, o'rta maktabda o'quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili (ko'pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O'rta maktab tugatilgach yuqori maktablarda ta'lim davom ettiriladi. Yuqori maktablar bir necha turlarga bo'linadi: davlat yuqori maktablari (Koreya Ta'lim va Texnika fanlari vazirligi, Madaniyat,Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi),Umumiy yuqori maktablar (Har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi), xususiy yuqori maktablar. Shuningdek, yuqori maktablar o'qitish fanlariga ko'ra ham bir qancha turlarga bo'linadi: umumiy maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo'jaligi,sanoat,dengiz xo'jaligi,axborot),maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab),texnika maktablari,chet tili maktabi,jismoniy tarbiya maktabi,san'at maktablari. Koreya Respublikasida Ta'lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo'jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo'ladi.

Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim boiib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.

Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli mahlum ixtisoslik bo’yicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mashuliyatli lavozimlarida faoliyat ko’rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.

O’zbekiston Respublikasida quyidagi turdagi oliy ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatadi:

Oliv o’quv yurtidan keyingi ta’lim iamivatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim — kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, adhyunktura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo’lish huquqini beradi.

Har ikki (aspirantura, doktorantura) darajada ham maqsad muayyan mutaxassisliklar bo’yicha oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy ehtibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko’nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo’nalishda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari o’qish natijalariga ko’ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo’ladilar.

Maktabdan tashqari ta’lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda yo’lga qo’yilib, bolalar hamda o’smirlarning taiimga bo’lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularningbo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.

1- Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo’lib, «kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to’g’risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo’yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqeyi va obro’sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi».

Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan, yana shuningdek, «ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o’quv darsliklari va qo’llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik tahminotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».

2. Ishlab chiqarish - kadrlarga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan tahminlash jarayonining qatnashchisi.

«Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo’nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo.etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi».

Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va o’quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag’batlantiradi, ularni moddiy va mahnaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi».

Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi istehmolchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo’lsa, bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o’zgardi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o’z talablarini qo’ya oladi. SHu bilan birga sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab yetishtirish yo’lida uzluksiz ta’lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo’llab-quvvatlash majburiyatini o’z zimmasiga oladi. SHu asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisiga aylandi.

Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o’zbek xalqining milliy turmush tarzi va mahnaviy-axloqiy anhanalari bilan hamnafasdir. Zero, xalq orasida qadimdan «mahrifatli inson» tushunchasi qo’llanilib kelingan bo’lib, u o’zida keng mahnoni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, mahrifatli bo’lish o’zbek xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor o’rin tutuvchi omil sanaladi. Mahrifatlilik — faqatgina bilim va malakaga ega bo’lish emas, ayni vaqtda chuqur mahnaviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo’ladi.

SHuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun mohiyati o’zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog’lanib ketgan.

Mustaqil O’zbekiston Respublikasida o’ziga xos, takrorlanmas, tarixiy anhanalarga asoslangan hamda bugungi kun talablariga to’la javob bera oiadigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi.

bob va necha moddadan iborat.


Adabiyotlar ro’yxati:

1. Barkamol avold orzusi, T., 1999.

2. Barkamol avlod- o’zbekiston taraqqiyotining poydevori , T., 1998.

3.O’zbekiston respublikasining konstituttsiyasi , T., 1992.
Yüklə 68,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin