SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ ISSUE 8
ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 328
HARAJATLAR HISOBI VA MAHSULOT TANNARXINI HISOBGA OLISH
HOLATI VA RIVOJLANISHI
Boburjon Igamov
Farg'ona
politexnika instituti
ANNOTATSIYA
Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’zining faoliyatidan kelib chiqqan holda
hisob siyosatini ishlab chiqadi va unda xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini
kalkulatqilish usulini belgilaydi. Xarajatlarni hisoblash ishlab chiqarish xarajatlarini
hisobga olgan holda birlik narxlarini hisoblash uchun asos hisoblanadi.
Har bir
korxonada ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hisoblab
chiqiladigan tovar birliklari qabul qilinadi.
Kalit so'zlar: rejalashtirish, analitik hisobot, me'yoriy boshqaruv,
alohida
hisoblash, me'yoriy tannarx.
COST ACCOUNTING AND PRODUCT COSTS AND DEVELOPMENT
ABSTRACT
Each business entity develops an accounting policy based on its activities and
determines the method of accounting for costs and calculating the cost of production.
Cost calculation is the basis for calculating unit prices taking into account production
costs. Each enterprise
adopts commodity units, which are calculated based on the
specific characteristics of production.
Keywords: planning, analytical reporting,
normative management, separate
calculation, normative cost.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)ning
tannarxini hisoblashning buyurtma usulini joriy qilish hisoblash jarayoni yanada
mukammallashuviga xizmat qiladi. Ushbu usulni joriy qilishning asosiy sharti - tegishli
buyurtmaga asosan bitta alohida olingan mahsulotni
yoki ushbu mahsulotlarning
guruhini ajratish imkoniyatini yaratish va ishlab chiqarilgan har bir mahsulot yoki
bajarilgan ishning o’rtacha emas, balki yakka holdagi tannarxi to’g’risida ma’lumotlarni
olish imkoni yaratadi. Ushbu hisob va kalkulatsiya tizimining usuli qo’llaniladigan
ishlab chiqarish turlariga asosan qurilish obyektlari,
samolyot-kemasozlik, qog’oz,
mebel sanoati, ilmiy-izlanish, konstruktorlik va ta’mirlash ishlari, auditorlik, konsalting
xizmatlari va shunga o’xshash yakka buyurtma yoki kichik guruhlardagi tovarlarni
ishlab chiqarish jarayonlari kiradi. Buyurtmalar bo’yicha xarajatlarni umumlashtirilgan
hisobi bir necha variantlar bo’yicha quyidagilar yordamida tashkil etiladi: nazorat