Page 331
rejalashtirish bilan bog’liq. Тizimning ikkinchi elementi ishlab chiqarish
bo’linmalarining moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini hisoblash uchun,
sarflash me’yorlari bo’lgan material va mehnatga haq to’lash me’yorlarini ishlatishni
hisoblash uchun yagona me’yoriy asosning mavjudligini ko’zda tutadi. O’z navbatida
ishlab chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali rejalashtirish iste’molni mehnatni
me’yorlash bilan bog’liq ishlab chiqarish vositalarini me’yoriy asoslashsiz mumkin
emas. Shunday qilib, tizimning ikkala elementi ham ishlab chiqarishni tayyorlashning
konstruktorlik, texnologiya, tashkiliy va iqtisodiy bosqichlarini qamrab oladi. Ular
chiqarishga rejalashtirilgan mahsulot nomenklaturasi bilan cheklangan, mehnatning
tashqi va subyektning ichki kooperatsiyasiga asoslangan. Bu holat ishlab chiqarishning
tabiiy asosini tarkib etuvchi rejalashtirish va hisobning ustuvorligi haqidagi xulosani
yana bir marta ta’kidlaydi. Har Bir subyektda xarajatlarni hisobga olishning usulini
tanlash ushbu subyektning tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Lekin umumiy taklif sifatida ushbu xarajatlarni hisobga olishning me’yoriy hisobini
tashkil qilishning uchta turini ajratish mumkin. Ushbu tartibda buxgalteriya hisobida
moddiy qiymatliklarning harakati belgilangan me’yorlar bo’yicha baholanishi shartidan
kelib chiqiladi. Ushbu faoliyat jarayonida aniqlangan chetga chiqishlar ro’yobga chiqish
holatida yig’ilib boriladi va hisobot davrining oxirida me’yordagi xarajatlarning
hajmiga qo’shiladi. Hisobot oyining oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarishning
me’yoriy tannarxi ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning me’yordagi hajmi bilan
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning me’yoriy tannarxining farqi ko’rinishida
aniqlanadi. Natijada oy davomida yoki boshqa hisobot davrida hisobga olinmagan
chetga chiqish summasi hisobot davrining oxiridaoxiridagi ishlab chiqarishning
qiymatida qo’shiladi.Ikkinchi usul. Asosiy xarajatlar bo’yicha tasdiqlangan me’yorlarga
rioya qilish ustidan kundalik nazoratni o’rnatishni nazarda tutadi. Hisobot davri
davomida me’yordan chetga chiqish bo’yicha olingan ma’lumotlar buxgalteriya
hisobining tegishli registrlarida umumlashtirilmaydi va schyotlarda qayd
qilinmaydi.Тasdiqlangan me’yorlardan chetga chiqish summasi baholangan tayyor
mahsulotning hajmiga sarflangan haqiqiy xarajatlar bilan ushbu mahsulot uchun
sarflanishi lozim bo’lgan me’yoriy xarajatlarni taqqoslash yo’li bilan bir xil
mahsulotlarning har bir guruhi bo’yicha aniqlanadi. Ushbu holatda tugallanmagan
ishlab chiqarishning qiymati ishlab chiqarishda yarim fabrikatlar harakatining balansi
bo’yicha natura ko’rsatkichlaridan kelib chiqqan holda me’yoriy tannarxi bo’yicha
baholanadi, yoki bo’lmasa ishlab chiqarish bo’linmalaridagi tugallanmagan ishlab
chiqarishni xatlab hisobga olish asosida baholanadi.