Page 330
bu tizim uchun o’rnatilgan prinsiplarga rioya qilish tavsiya etiladi, ya’ni: shartnoma
bajarilishining erta davrlarida foydani hisoblamaslik- bu daromad va xarajatlarni
baholashning past ishonchliligi;ziyrak bo’lish- hisobot davrida aniqlangan zararlar shu
davrda realizatsiya qilingan ishlarning tannarxiga kiritilishi kerak. agar zararlar
kutiladigan bo’lsa, unda ularning summasi realizatsiya qilingan mahsulotning
tannarxiga zararlar ehtimoli aniqlangandan so’ng kiritiladi. Masalan, ta’til summalarini
to’lash bilan bog’liq ishchilar ta’tili va qo’shimchalarni to’lash uchun zaxira yaratiladi.
35-85% atrofida bajarilgan shartnomaga ketgan anchagina xarajatlarga ziyrak bo’lish
kerak. Hisobot sanasiga bo’lgan foyda quyidagi formula bilan hisoblanadi. Shunday
qilib, tannarxni buyurtma bo’yicha hisoblash va kalkulatsiya qilish tizimi quyidagicha:
sarflar haqidagi ma’lumotlar mahsulotning turlariga yoki tayyor mahsulotning alohida
seriyalariga o’tkazish, xarajatlar hajmining oraliq vaqtda emas har bir tugallangan
guruh (partiya) bo’yicha o’zgarishi, bosh kitobda debet qoldig’ida tugallanmagan
ishlab chiqarishning hajmi ko’rsatiladigan "Asosiy ishlab chiqarish" hisobotni yuritish
bilan tavsiflanadi.
Хo’jalikni yuritishning samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiy rivojlanishining har
qanday bosqichida asosiy va muhim masala hisoblanadi. Bu boshqaruvning me’yoriy
tizimini milliy xo’jalik tarmoqlari darajasida va bir subyekt ramkasida qo’llashni muhim
qilib qo’yadi. Хarajatlarni boshqarishning me’yoriy tizimi o’zi bilan rejalashtirish,
me’yorlash, materiallarni ishlab chiqarishga berish, ichki hisobot tuzish, mahsulot
tannarxini kalkulatsiya qilish, xarajatlarning me’yori asosida iqtisodiy tahlil va
nazoratni ro’yobga chiqarish bo’yicha muolajalarning jamlamini aks ettiradi.Chetga
chiqishlar boshqaruvning chiziqli personali tomonidan boshqaruvning har bir darajasida
tannarxning
shakllanish
jarayoniga
tezkor
aralashish
maqsadida
olib
boriladiKalkulatsiya qilish xarajatlarning me’yoriga asoslanadi, me’yordan chiqib
ketishlar ularning vujudga kelishi bo’yicha buxgalteriya hisobining schyotlarida ishlab
chiqarish natijasining ko’payishi yoki kamayishi sifatida ko’rsatiladi. Ishlab chiqarishga
bo’lgan xarajatlarni va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishni hisobini me’yoriy
usuli boshqalardan ko’proq xarajatlarni boshqarishni me’yoriy tizimining talablariga
javob beradi. O’zining universal xususiyati tufayli u xalq xo’jaligining hamma
tarmoqlariga tatbiq etishga tavsiya qilingan. Me’yoriy boshqaruv hisobiga me’yoriy
rejalashtirish va ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarning tizimi sifatida qarash qabul
qilingan. Bu tizimning asosiy elementlari: mahsulotning ishlab chiqarish muddatlarini,
uning tarkibi va sifatini me’yorlash; iste’mol, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni,
shuningdek ishlab chiqarish vositalarini sarflash va ishlatishning me’yoriy asoslanishi;
me’yor va me’yorlashtirishlar asosida iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish, hisoblash
va baholash hisoblanadi. Birinchi element to’g’ridan-to’g’ri butun subyekt, asosiy
ishlab chiqarish sexlari bo’yicha va brigadalarning ishlab chiqarish topshiriqlarini
hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali