Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari Reja


Malakaning fiziologik mexanizmi



Yüklə 62,48 Kb.
səhifə4/9
tarix09.06.2023
ölçüsü62,48 Kb.
#127356
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari Reja

Malakaning fiziologik mexanizmi

Akademiklar I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlarning ilmiy tadqiqotlari orqali erkin harakatlarning harakat malakasini shakllanishini fiziologik mexanizmini ochib berdilar. Ular harakat aktini, harakat faoliyatini, mushaklar bilan bajarishni boshqarish “vaqtli aloqalar” natijasi ekanliga, ularning asosida birinchi tartibdagi shartli reflekslarning, oliy tartibdagi, manipulyatsiyali reflekslar va boshqalardan vujudga kelishini ilk bor amaliy isbotladilar.
Harakat malakasining shakllanish jarayoni shartli ravishda uch fiziologik faza davr) ga bo’ldilar (gap harakat faoliyatini qaytarish bilan aynan bog’liq bo’lgan fiziologik fazalar ustida boradi).
I - faza – shartli reflektor aloqalari markaziy asab tizimi - qo’zg’alish jarayonining keng irradiatsiyasi bilan harakterlanadi. Tashkaridan bu harakat faoliyatining tashqi ko’rinishi (suratining) yaratilishi bilan ifodalanib, aniq bo’lmagan va ko’pincha o’zlashtirilayotgan harakat uchun keragi bo’lmagan harakatlar ham qo’shib bajariladi.
II - fazashu bilan farqlanadiki, qo’zg’alishning ortiqchaliligi tormozlanish jarayonini rivojlanishi bilan chegaralanib, asab faoliyatlarining vaqt va fazoda aniqligiga erishish bilan kuzatiladi. Bunga harakat faoliyatini nisbatan to’g’riroq bajarish, ortiqcha harakatlarni yo’qotilishi orqali erishiladi. Ammo qo’zg’alish va tormozlanish jarayonining o’zaro takomillashmagan xoldagi o’rin almashishlarining hali yetarli darajada emasligi, harakatlarda ortiqcha zo’riqish, muskullar tarangligini keragidan ortiqcha oshirib yuborlishi bilan kuzatiladi.
III - faza harakatga dinamik stereotip (odat)ni shakllanishining tugallanishi bilan xarakterlanadi. Bu harakatlarni nisbatan takomillashgan darajada bajarilishiga imkon beradi. Malaka yukorida aytilgan barcha belgilariga ega bo’lib boradi.




  1. Yüklə 62,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin