Malakaning barqarorlashuvi (stabillashuvi) va plastikligi Harakat malakasi shakllanib bo’lgandan so’ng uning rivojlanishi davom etadi. Agar ratsional takrorlash davom ettirilsa, malakaning yana ham takomillashuvi (mustaxkamlashuvi) sodir bo’ladi. Malakani nisbatan moslashuvchanroq qilish uchun urinish davom etadi va afzal malaka deb qaraladigan turg’unroq yuqori tempiratura, shovqin va hokazolarning ta’siriga yetarli darajada moslashuvchan, kerak bo’lsa, o’zgaruvchan sharoitda qayta shakillantirish mumkin bo’lgan harakat malakasini yaratish imkoni yuzaga keladi.
Malakaning shakllanishini asta-sekinligi va notekisligi Harakat malakasi asta-sekin, nisbatan uzoqroq vaqt ichida, qator mayda yangilanishlar orqali shakllanadi.
Malakaning notekis shakllanishining to’rt turi mavjud:
Malakaning “salbiy tezlik” bilan shakllanishi. Ta’limning birlamchi bosqichida harakat faoliyatini o’zlashtirish ancha tez amalga oshadi. keyinchalik uning sifatini yaxshilash nisbatan sust boradi. Bunday yo’sindagi malakaning shakllanishi harakat faoliyati texnikasi (oz quvvat sarflab harakatni oson bajarish uslubi)ni egallash uchun xarakterli.
O’quvchilar harakat faoliyatlarining asosini oson o’zlashtirdilar, chunki, maktab jismoniy tarbiya dasturiga o’ta sodda va oson harakatlar kiritilgan, uning detallarini o’zlashtirish esa nisbatan uzoq davom etadi.
Malakaning “ijobiy va zudlik” bilan shakllanishi. Ta’limning birlamchi bosqichida malakaning shakllanishi sifatini yaxshilanishi, o’sishi ahamiyatli darajada kechmaydi. So’ng u birdaniga keskin shakllanadi. Malakaning qayd qilingan ko’rinishidagi shakllanishi ijro texnikasiga ko’ra nisbatan qiyin harakat faoliyatlarini o’qitish uchun harakterli bo’lib, ma’lum vaqt o’tishi bilan tashqaridan e’tibor qilinganda sezilmay to’planayotgan sifat o’zgarishlar to’plami tarzida, harakat faoliyatini yuqori darajada egallagan, o’zlashtirgandek ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Malaka rivojlanishining sekinlashuvi. Malaka belgilangan mahorat darajasiga yetgandan so’ng uni rivojlanishi sekinlashadi yoki ikkala ko’rinishda, tezlik bilan shakllanishi ham sodir bo’lishi mumkin.
Malaka qanchalar takomillashmagan bo’lsa, uni yaxshilash uchun o’z navbatida, shunchalar katta pedagogik mahorat va kuch talab qilinadi.
Malakani rivojlanishining ushlanishi («plato»). Ushlanish ikki sabab orqali vujudga kelishi mumkin:
vaqt o’tishi bilan malakaning sifat o’zgarishlariga olib keluvchi organizmdagi sezilmas darajada borayotgan moslashuv jarayonining borishi:
ta’lim metodikasining noto’g’riligi yoki harakat sifatlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli yuzaga keladi.
Agarda malaka ushlanishining sababi to’g’ri aniqlansa, uni yengish, ushlanishini kamaytirish mumkin. Bunday holatni sodir bo’lishiga birinchi sabab vaqt, ikkinchi sabab o’qitishning vosita va metodlari bo’lib, lozim bo’lsa ularni keskin o’zgartirish maqsadga muvofiq bo’ladi.