3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,
ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo’jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;
hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko’lamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
sanoat va xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’yektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.