II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari 2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud
tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
sud’yalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
sud’yalarga g’ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish;
sudning mustaqilligi va beg’arazligi, sud protsessida tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
«Xabeas korpus» institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.