Harakatlarstrategiyas I i. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari


Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini



Yüklə 51,86 Kb.
səhifə4/13
tarix21.04.2022
ölçüsü51,86 Kb.
#55895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
стратегия толык узб-лат

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini

takomillashtirish:



  • jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;

  • diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish;

  • korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;

  • aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro samarali hamkorligini tashkil etish.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:

  • huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish;

  • sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini o’qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish;

  • huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo’yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

  • huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash.

2.6. YUridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish:

  • davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;

  • advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqishda advokatlarning rolini oshirish;

  • notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish.



Yüklə 51,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin