(iqtisodiy, axloqiy, huquqiy va boshqa) qimmatliklar salbiy o‘zgarishlarga
duchor bo‘ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda jinoiy oqibat zaruriy element,
formal tarkibli jinoyatlarda esa ular talab qilinmaydi, ammo oqibat kelib
chiqishi mumkin.
NOTA BENE !
Jinoiy oqibat
jinoiy qilmish tufayli
jinoyat qonuni bilan
qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga moddiy yoki nomoddiy
ko‘rinishda ifodalanadigan zarar, ziyon yoxud boshqacha salbiy
o‘zgarishda ifodalanadi.
Jinoiy oqibat – qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini
belgilab
beradi. Shuningdek, jinoiy oqibat qilmishning jinoiyligi yoki jinoiy
emasligini aniqlab beradi. Jazo tayinlashda
sud tomonidan jazoni
og‘irlashtiruvchi holatlarni qo‘llashda asos bo‘lib hisoblanadi.
Jinoiy-huquqiy oqibatlarni quyidagi mezonlarga qarab guruhlarga
ajratishimiz mumkin:
– zarar tabiatiga qarab;
– yetkazilgan zararning xavflilik darajasiga qarab;
– qonunda
belgilanishiga qarab;
– jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatiga qarab.
Dostları ilə paylaş: