NOTA BENE !
Jinoyat sodir qilish
holati
– bu bir qator obyektiv shart-sharoitlar (vaqt,
joy va boshq.) yoki ularning birligi bo‘lib, ularning borligi sharoitida
ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilinadi.
Jinoyat sodir etish holati qilmishni kvalifikatsiya qilishda ta’sir
ko‘rsatishi hamda jazoni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holat
sifatida xizmat qilishi mumkin. Xususan, agar harbiy jinoyat jangovar
sharoitda sodir qilinsa, jinoiy javobgarlik va jazo og‘irroq bo‘ladi.
Masalan, jangovar sharoitda harbiy qurol-aslahalarni, harbiy texnikani
yoki harbiy mulkni qasddan buzish yoki shikast yetkazish og‘irroq jinoiy
javobgarlikka tortiladi (JK 295-moddasi 3-qismi). Yoki ommaviy
tartibsizliklar jarayonida jinoyat sodir qilish (JK 97-moddasi 2-qismi «e»
bandi). Shu bilan birga, masalan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan
shaxsni ushlashda zarur chora-tadbirlar chegarasidan chetga chiqib o‘ldirib
qo‘yish jinoyat ijtimoiy xavflilik darajasini kamaytiradi (JK 101-moddasi).
Jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilarini o‘rganishda asosan, jinoyat
ijtimoiy xavfliligini har tomonlama va obyektiv hal qilish, jinoyatning
shartlari hamda boshqa holatlarini o‘rganish, jinoiy javobgarlikka tortilishi
lozimmi yoki ijtimoiy ta’sir choralarining o‘zi yetarli yo yetarli emasligi
kabi masalalar hal qilinadi. Masalan, jinoyat sodir etishning aniq holati fa-
qatgina sababiy bog‘lanishni aniqlashga ta’sir qilib qolmasdan, balki
aybdorni javobgarlikka tortish va qilmishni kvalifikatsiya qilishda muhim
rol o‘ynaydi. Jinoyat sodir etish vaqtini aniqlashning javobgarlikka tortish
muddati o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishda ham
o‘rni bor. Jinoyat sodir etish vaqti jinoyat qonunini qo‘llashda ham o‘z
ifodasini topadi. Jinoyat sodir qilish joyi qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya
qilishda ham ahamiyatga ega, ya’ni jinoyat sodir etilgan joy bo‘yicha
jinoyat qonuni amalda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: